Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi
«Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot yo‘lida» xalqaro sammiti doirasida Samarqandda «IMKON» markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, shuningdek, sammitda ishtirok etayotgan birinchi xonimlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga kiruvchi ushbu markazda maktabgacha ta’lim, korreksion-pedagogik yordam va kompleks reabilitatsiya uyg‘unlashtiriladi. Har bir bola uchun dastur uning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda tuziladi. Ota-onalar bolasi egallagan ko‘nikmalarni uyda mustahkamlash uchun mutaxassislardan tavsiyalar olishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim bo‘limi 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 10 ta ixtisoslashtirilgan guruhni o‘z ichiga oladi. Ambulator bo‘limda esa 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan oyiga 100 nafarga yaqin bola reabilitatsiya kurslaridan o‘tishi mumkin.
Markazda davolovchi jismoniy tarbiya, nutq va mayda motorikani rivojlantirish, sensor integratsiya mashg‘ulotlari, fizioterapiya va boshqa muolajalar o‘tkaziladi. Bu yerda yetti yo‘nalishdagi shifokorlar, defektolog pedagoglar, logopedlar, psixologlar, reabilitatsiya mutaxassislari va boshqa xodimlar faoliyat yuritadi.
Samarqanddagi markaz Nukus, Qibray, Qarshi va Zarafshondagi muassasalarni ham o‘z ichiga olgan «IMKON» tarmog‘ining yangi bo‘g‘iniga aylandi. 2025-yilda tarmoq muassasalarida 546 mingdan ortiq muolaja va mashg‘ulot o‘tkazilib, 3 777 nafar bola ambulator reabilitatsiyadan o‘tgan.
Tarmoqni kengaytirish davom etmoqda: Farg‘onada markaz qurilishi boshlangan, Namanganda va Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ham shunday muassasalar barpo etish rejalashtirilmoqda.
—
В рамках саммита в Самарканде также состоялось открытие центра «IMKON»
В рамках международного саммита «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений» в Самарканде состоялась церемония открытия центра «IMKON». В ней приняли участие Первая леди Республики Узбекистан Зироат Мирзиёева, а также первые леди и высокие гости саммита.
В центре, входящем в систему Национального агентства социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан, будут сочетаться дошкольное образование, коррекционно-педагогическая помощь и комплексная реабилитация. Программа для каждого ребёнка будет составляться с учётом его индивидуальных потребностей. Родители смогут получать рекомендации специалистов, чтобы закреплять приобретённые навыки дома.
Дошкольное отделение рассчитано на 150 мест и включает 10 специализированных групп для детей от 2 до 7 лет. Амбулаторное подразделение сможет принимать около 100 детей в месяц в возрасте от 2 до 18 лет для прохождения курсов реабилитации.
В центре предусмотрены занятия по лечебной физкультуре, развитию речи и мелкой моторики, сенсорной интеграции, а также физиотерапевтические и другие процедуры. В работе будут участвовать врачи семи специальностей, педагоги-дефектологи, логопеды, психологи, специалисты по реабилитации и другие сотрудники.
Центр в Самарканде стал новым звеном сети «IMKON», в которую также входят учреждения в Нукусе, Кибрае, Карши и Зарафшане. В 2025 году в учреждениях сети провели более 546 тысяч процедур и занятий, амбулаторную реабилитацию прошли 3 777 детей.
Расширение сети продолжается: начато строительство центра в Фергане, ещё аналогичные учреждения планируется построить в Намангане и Нурафшане Ташкентской области.
Facebook |
Instagram