IHMA Navoiy viloyati Telegram channel photo

IHMA Navoiy viloyati

@ihma_navoiviloyatiPublic Channel

Murojaat uchun 👇 @IHMA_Navoiy_murojaat_bot Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqamasining rasmiy sahifasi

105

Last views

2.7k (2,683 subscribers)
Members
—
Rating
24
Total Posts
Oct 18, 2026, 8:09 AM
Updated
May 21, 2026
Created
Stats

Sie sehen Inhalte auf Deutsch. Um Inhalte in anderen Sprachen zu sehen, ändern Sie die Sprache der Website.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIHMA Navoiy viloyati
Username@ihma_navoiviloyati
CategoryCybersecurity
LanguageDeutsch
CountryDeutschland
Members2,683
Channel TypePublic Channel
Created21. Mai 2026
Last Updated18. Okt. 2026 • vor 4 Tagen
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#323417-719
Language Ranking
#5445-4
Category Ranking
#860-4

Participant Growth

Total: 2.7K30 Days growth: -411.5%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20262,724
20:09:20262,694
21:09:20262,694
22:09:20262,694
23:09:20262,694
24:09:20262,694
25:09:20262,694
26:09:20262,694
27:09:20262,694
28:09:20262,694
29:09:20262,694
30:09:20262,694
01:10:20262,694
02:10:20262,694
03:10:20262,694
04:10:20262,694
05:10:20262,694
06:10:20262,694
07:10:20262,694
08:10:20262,694
09:10:20262,694
10:10:20262,694
11:10:20262,694
12:10:20262,694
13:10:20262,694
14:10:20262,694
15:10:20262,694
16:10:20262,694
17:10:20262,694
18:10:20262,683
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 18:05:20262,571
Week of 25:05:20262,571
Week of 01:06:20262,571
Week of 08:06:20262,571
Week of 15:06:20262,571
Week of 22:06:20262,571
Week of 29:06:20262,571
Week of 06:07:20262,542
Week of 13:07:20262,542
Week of 20:07:20262,542
Week of 27:07:20262,542
Week of 03:08:20262,542
Week of 10:08:20262,542
Week of 17:08:20262,765
Week of 24:08:20262,765
Week of 31:08:20262,735
Week of 07:09:20262,724
Week of 14:09:20262,694
Week of 21:09:20262,694
Week of 28:09:20262,694
Week of 05:10:20262,694
Week of 12:10:20262,683
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
May 20262,571
June 20262,571
July 20262,542
August 20262,765
September 20262,694
October 20262,683
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
20262,683

Latest Posts

IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

21. Okt. 2026, 21:16

Video
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqand Jahon sammiti: bolalar kelajagi uchun muhim xalqaro muloqot

Samarqandda davom etayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida yuqori darajadagi yalpi sessiyalar o‘tkazilmoqda.

Davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi ekspertlar bolalarga investitsiyalarni kengaytirish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, bolalarni himoya qilish, erta rivojlanish va inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qilmoqda.

Sessiyalarda asosiy e’tibor xalqaro tajribani amaliy yechimlarga aylantirish, bolalar manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat siyosatini takomillashtirish va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilmoqda.

Samarqanddagi xalqaro muloqotning bosh g‘oyasi — har bir bolaning farovon kelajagi uchun bugundan investitsiya kiritish.

🎬 Sammitning yalpi sessiyalaridan videolavha.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
105000
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

21. Okt. 2026, 20:41

Photo1/14
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqandda bolalar kelajagiga bag‘ishlangan Jahon sammiti boshlandi

Bugun Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti hamda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongressning qo‘shma ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 100 dan ortiq mamlakat vakillari, xorijiy davlatlarning birinchi xonimlari, hukumat a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sammit ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘qib eshittirildi. Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning murojaati yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Najat Maalla M’jid hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva so‘zga chiqdi. Xorijiy davlatlarning birinchi xonimlari ham bolalar farovonligi va huquqlarini himoya qilish masalalariga to‘xtaldilar.

Sammit doirasida bolalarni ijtimoiy himoya qilish, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bolalar onkologiyasini erta aniqlash va samarali davolash masalalari muhokama qilinmoqda.

Xalqaro muloqotning asosiy maqsadi — har bir bolaning sog‘lom, xavfsiz va munosib kelajagini ta’minlash yo‘lida global hamkorlikni mustahkamlashdir.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
162002
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

21. Okt. 2026, 12:06

Photo1/2
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026


Samarqandda bolalar farovonligi bo‘yicha Jahon sammiti boshlandi

Ayni vaqtda Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti o‘z ishini boshladi.

100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilayotgan sammit bolalarning sog‘lom, xavfsiz va munosib sharoitda ulg‘ayishi uchun zarur yechimlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan.

21–22-oktabr kunlari o‘tkaziladigan tadbirda ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, erta rivojlanish, inklyuziv ta’lim hamda bolalar va oilalarni kompleks qo‘llab-quvvatlash masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Muhokamalarning asosiy mazmuni — bolalar farovonligiga yo‘naltirilgan sarmoyani ularning kundalik hayotidagi aniq imkoniyatlarga aylantirish. Bu har bir bola uchun sifatli ta’lim, zarur tibbiy yordam, zo‘ravonlikdan himoya va rivojlanish uchun teng sharoit demakdir.

Sammit davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun tajriba almashish, samarali yondashuvlarni muhokama qilish hamda bolalar manfaatlari yo‘lida hamkorlikni mustahkamlash maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
277000
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

21. Okt. 2026, 10:52

Photo1/2
🥉 Jahongir Xalilov para veloshosse bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi!

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida Jahongir Xalilov erkaklar o‘rtasida T1–2 klassining vaqt poygasi dasturida kuchli uchlikdan joy oldi.

Hamyurtimiz 20:56.10 natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

📝 Telegram 🎞 Youtube 

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
365002
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

20. Okt. 2026, 18:06

Photo1/2
21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

Ikki kun davom etadigan ushbu anjuman 100 dan ortiq davlat vakillarini bir maydonga jamlaydi. Jumladan, BMT, JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi va boshqa xalqaro tashkilot vakillari, qator davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, shuningdek, olimlar, mutaxassislar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etadi.

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.
—
21 октября Первая леди Республики Узбекистан, председатель Попечительского совета международного общественного фонда «Zamin» Зироат Мирзиёева примет участие и выступит с речью на Всемирном саммите «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений» в Самарканде.

Двухдневный саммит объединит представителей более 100 государств. В нем примут участие представители ООН, ВОЗ, Международного общества детских онкологов, Европейской школы онкологии и других международных организаций, руководители органов здравоохранения ряда стран, ученые, специалисты и общественные деятели.

Участники саммита обсудят расширение инвестиций в здоровье, образование, социальную защиту и безопасность детей.

Facebook|Instagram|X
374002
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

20. Okt. 2026, 10:22

Video
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqand jahon sammiti: xalqaro mehmonlar tashrifi boshlandi!

Samarqand xalqaro aeroportida 21–22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Jahon sammiti ishtirokchilari kutib olinmoqda.

🤝 Serbiya, Misr va Salvador vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari Samarqandga tashrif buyurmoqda.

💚 Turli mamlakatlar, yagona maqsad — bolalar uchun farovon, xavfsiz va munosib kelajak!

🎬 Xalqaro mehmonlarni kutib olish jarayonidan videolavha.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
402002
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

19. Okt. 2026, 19:54

Video
🧠 Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini oshirishga qaratilgan “Yangi kun” kunduzgi parvarishlash xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

👥 Mazkur xizmat 18 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan erkak va ayollarning kun davomida malakali mutaxassislar nazoratida bo‘lishi, turli mehnat terapiyalari orqali amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda kundalik hayotda mustaqil faoliyat yuritishiga ko‘maklashadi.

✅ Xizmat doirasida fuqarolarning individual imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning o‘ziga xizmat ko‘rsatish, muloqot qilish va kundalik yumushlarni bajarish ko‘nikmalarini mustahkamlashga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mazmunli kun tartibini tashkil etish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish uchun sharoit yaratiladi.

🎬 Xizmat faoliyati, mashg‘ulotlar jarayoni va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil videolavhamizda tomosha qilishingiz mumkin.


📝 Telegram 📝 Facebook
🎞 Youtube  🎖  ihma.uz

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
508008
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

19. Okt. 2026, 17:51

Photo1/2
🥈 Dias Mirmanov — Para Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibi!

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida SM9 klassining 200 metrga kompleks usulda suzish finalida Dias Mirmanov 2:23.95 natija qayd etdi.

Viloyatdoshimiz ushbu natija bilan ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medalni qo‘shdi.

📝 Telegram 🎞 Youtube 

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
484001
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

19. Okt. 2026, 16:54

Photo1/4
Litva tajribasi: mahalliy darajada ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish

🤝 Bugun, 19-oktabr kuni Litvaning Vilnyus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi xodimlari uchun xalqaro o‘quv dasturi boshlandi.

19–23-oktabr kunlariga mo‘ljallangan dastur davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda tajriba almashadilar:

✅ munitsipal darajada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va boshqarish;
✅ oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojlarni baholash hamda individual yordamni rejalashtirish;
✅ ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✅ nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik va jamoaga asoslangan ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish;
✅ inqirozli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish.

✅ Dastur doirasida Vilnyus, Panevėžys va Širvintos hududlaridagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, oilalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari, bolalar va oilalar bilan ishlash xizmatlari hamda nodavlat tashkilotlar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Dasturning asosiy maqsadi - Litvaning ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va ko‘rsatish borasidagi tajribasini o‘rganish, mahalliy va munitsipal darajada xizmatlar samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimida qo‘llash mumkin bo‘lgan ilg‘or amaliyotlarni o‘zlashtirishdan iborat.

💻Instagram      📝Facebook
📝Telegram        🐧xcom
🎞YouTube         🎖istc.uz
4200010
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

19. Okt. 2026, 16:23

Photo1/2
🥇 Xusniddin Norbekov — Para Osiyo o‘yinlari chempioni!

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para yengil atletika bahslarida Xusniddin Norbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish finalida ishtirok etgan hamyurtimiz 16,04 metr natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi.

📝 Telegram 🎞 Youtube 

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
454007
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

19. Okt. 2026, 15:41

Photo1/2
#infografika
#adaptiv_sport

👥 Navoiy viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga keng jalb etish, jismoniy reabilitatsiyasini ta’minlash va adaptiv sport turlarini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
↗️ Asosiy natijalar:

✅ Ijtimoiy xodimlar tomonidan 41 ming nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxsning jismoniy imkoniyatlari va sportga qiziqishi o‘rganilib, elektron bazasi shakllantirildi.
✅ 2 300 nafar fuqaroga sport bilan shug‘ullanish uchun yo‘llanma berildi.
✅ “ERP Sport” tizimida 2 600 nafardan ortiq shaxs haqidagi ma’lumotlar elektron ro‘yxatga olindi.
✅ Sport tarmoqlari reyestriga yangi 65 ta adaptiv sport turi kiritilib, ularning umumiy soni 89 taga yetkazildi.
🥇 2025-yilda Dubay shahrida o‘tkazilgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safida 4 ta sport turi bo‘yicha navoiylik parasportchilar ishtirok etib, 31 ta medal — 24 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

🇺🇿 Ayni kunlarda esa sportchilarimiz Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan 2026-yilgi V Osiyo Para o‘yinlarida ishtirok etmoqda. Qit’aning nufuzli musobaqasida parasportchilarimiz yana bir bor o‘z mahorati, matonati va salohiyatini namoyon etmoqda.

📝Telegram 📝Facebook
🎞Youtube  🎖  ihma.uz

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
452004
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

19. Okt. 2026, 12:49

Photo1/16
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkaziladi

Erta tashxis, zamonaviy davolash va xalqaro hamkorlik — bolalar hayotini asrash yo‘lida muhim ustuvorliklar.

21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiyalar” jahon sammiti doirasida Bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress tashkil etiladi.

Mazkur ilmiy-amaliy muloqot bolalar saratoniga qarshi kurashishda ilg‘or tibbiy tajribalarni birlashtirish, diagnostika va davolash imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Kongressning ustuvor yo‘nalishlari — kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, zamonaviy diagnostika, dori ta’minoti, pretsizion terapiya, o‘zak hujayralar transplantatsiyasi va hujayra texnologiyalari.

Shuningdek, reabilitatsiya, palliativ yordam, infeksiya nazorati va bolalarni uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama etiladi.

Asosiy e’tibor — tashxis qo‘yishdan davolash va keyingi kuzatuvgacha bo‘lgan jarayonda bolaning salomatligi, hayot sifati hamda oilasini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

Kongress xalqaro mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashish, ilmiy yondashuvlarni amaliyot bilan bog‘lash va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon bo‘ladi.

Har bir bola sifatli tibbiy yordam, g‘amxo‘rlik va munosib kelajak imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
420001
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

30. Aug. 2026, 22:57

Photo
#Mustaqillik_35_yil

🌠 Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbiri va konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

🧠 Bayram tadbirining eng muhim jihatlaridan biri — unda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham faol ishtirok etayotgani bo‘ldi. Bu esa yurtimizda har bir insonning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda ijtimoiy hayotga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasidir.

🇺🇿 Mustaqillik — avvalo, inson qadri, uning erkin va farovon hayot kechirishi, o‘z iste’dod va imkoniyatlarini namoyon etishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar timsolidir.

📝 📝 https://www.facebook.com/ihma.navoiy.viloyati.boshqarmasi
🎞 https://www.youtube.com/@IHMA_Navoiy  🎖  http://ihma.uz/

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
3850010
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

30. Aug. 2026, 22:57

Photo
Mehr va e’tibor — inson qadri ifodasi

🌠 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun xizmat ko‘rsatuvchi “Panoh” markazida keksalar holidan xabar olindi. Mudofaa vazirligi huzuridagi Navoiy garnizonidagi harbiy qism xodimlari markazga tashrif buyurib, keksalar bilan samimiy suhbatlashdi, ularning hayoti, bugungi kundagi sharoitlari va istaklari bilan qiziqdi. Tashrif davomida markaz hududida obodonlashtirish va hashar ishlari amalga oshirilib, atrof-muhitni yanada fayzli va ozoda qilishga hissa qo‘shildi.

🤝 Samimiy muloqotlar davomida keksalarga bayramona kayfiyat ulashildi. Harbiy xizmatchilar ular bilan hamsuhbat bo‘lib, hayotiy tajribalari, xotiralari va tilaklarini tingladilar. Bayram munosabati bilan bildirilgan ezgu tilaklar, samimiy suhbat va e’tibor markazda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi.

💚 Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

📝 📝 https://www.facebook.com/ihma.navoiy.viloyati.boshqarmasi
🎞 https://www.youtube.com/@IHMA_Navoiy  🎖  http://ihma.uz/

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
4570011
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

30. Aug. 2026, 22:57

🫰ZO‘RAVONLIK — TAQDIR EMAS!
🤝 YORDAM SO‘RASH — ZAIFLIK EMAS!

😮 Har bir inson tinch, xavfsiz va munosib hayot kechirish huquqiga ega. Qiyin vaziyatga tushib qolganingizda sukut saqlash yoki barchasiga ko‘nikish yechim emas. O‘z vaqtida berilgan yordam qo‘li yangi hayot boshlashga asos bo‘la oladi.
Bugungi tizimli ijtimoiy himoya xizmatlari sizga har tomonlama ko‘mak berishga tayyor:
Huquqiy yordam — qonuniy huquqlarni himoya qilish, maslahat va amaliy ko‘mak.
Psixologik ko‘mak — ruhiy tushkunlikni yengish, ichki kuch va ishonchni tiklash.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqish rejasini ishlab chiqish.
Reabilitatsiya va moslashuv — xavfsiz muhit, vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy hayotga qaytish.
❗️ Unutmang: Siz yolg‘iz emassiz. O‘zingiz yoki yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang — yordam so‘rash zaiflik emas, balki kelajakni saqlab qolish sari eng jasur qadamdir.
✅ Qisqa raqamli ishonch telefoni: 1146



📝 https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
422002
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

30. Aug. 2026, 22:57

Video
#Bilasizmi

👥 Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilmoqda!
Endilikda reabilitatsiya markazlari Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlari etib qayta tashkil qilinadi.

Yangi tizimda:

✅ shaxslarni markazlarga faqat o‘z roziligi asosida joylashtirish belgilanadi;
✅ ijtimoiy xodimlar tomonidan ehtiyojlar baholanib, individual reja asosida xizmatlar ko‘rsatiladi;
✅ vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat va gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi;
✅ hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan qoplanadi;
✅ bandlik markazlari orqali talab yuqori bo‘lgan kasblarga qisqa muddatli o‘qitish va ishga joylashtirish imkoniyati yaratiladi;
✅ NNTlar davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida xizmat ko‘rsatishga jalb qilinadi.

Asosiy tamoyil — majburlash emas, balki ijtimoiy xizmatlar orqali insonni mustaqil hayotga qaytarish.

📝 📝 https://www.facebook.com/ihma.navoiy.viloyati.boshqarmasi
🎞 https://www.youtube.com/@IHMA_Navoiy  🎖  http://ihma.uz/

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
492006
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

30. Aug. 2026, 22:57

Photo
🌠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida tizimda samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan, shuningdek, ijtimoiy himoya sohasidagi fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va faol ishtiroki uchun munosib taqdirlandilar.

👥 Tantanali tadbirda boshqarma rahbariyati, tizim xodimlari hamda soha vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shundan so'ng “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” hamda “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi. Mazkur mukofotlar soha xodimlari uchun katta sharaf bilan birga, kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim rag‘bat hamdir.

💚 Tadbirda boshqarma boshlig‘i so‘zga chiqib, mukofotlangan xodimlarni samimiy muborakbod etdi. Ularning ko‘p yillik va samarali mehnati, o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashayotgani, aholiga ijtimoiy xizmatlarni yetkazishda ko‘rsatayotgan fidoyiligi e’tirof etildi.

📝 📝 https://www.facebook.com/ihma.navoiy.viloyati.boshqarmasi
🎞 https://www.youtube.com/@IHMA_Navoiy  🎖  http://ihma.uz/

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
6780026
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

21. Mai 2026, 21:54

Photo
#rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Rajabov ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda 70 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflarini bildirishdi.

👥 Uchrashuv davomida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashi hamda kelajakda kasb-hunarli bo‘lishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, boshqarma boshlig‘i tomonidan yoshlarni 1 oylik harbiy xizmatga jalb etish, haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘quv kurslariga yo‘naltirish, mehnat mentorlari orqali kasbga o‘rgatish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

💻 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan yoshlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish, ularni uy-joy bilan ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga oid boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida har bir yoshning murojaati, muammosi va takliflari alohida tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

📝 📝 https://www.facebook.com/ihma.navoiy.viloyati.boshqarmasi
🎞 https://www.youtube.com/@IHMA_Navoiy  🎖  http://ihma.uz/

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
124005
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

21. Mai 2026, 21:54

Video
🧠 Qiziltepa tumanidagi 36-sonli maktab-internati bugungi kunda imkoniyati cheklangan hamda alohida e’tiborga muhtoj bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda. Muassasada jami 215 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. O‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim bilan bir qatorda, ularning ijtimoiy moslashuvi, sog‘lom rivojlanishi va kasb-hunarga yo‘naltirilishi bo‘yicha ham keng imkoniyatlar yaratilgan.

🏃 Maktab-internatda qo‘shimcha ravishda 51 nafar bolaga maxsus xizmatlar ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular bolalarning jismoniy, ruhiy va nutqiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Jumladan:

✅ Logopediya xizmatlari;
✅ Art-terapiya mashg‘ulotlari;
✅ Milliy liboslar tikish bo‘yicha to‘garaklar;
✅ Davolovchi massaj xizmatlari faoliyat yuritmoqda.

💻 Ayniqsa, logopediya yo‘nalishida olib borilgan tizimli ishlar samarasi yuqori bo‘lib, nutqida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning 16 nafari tuzatildi.
Muassasada inklyuziv ta’limga ham alohida e’tibor qaratilib, hozirgi kunga qadar 5 nafar o‘quvchi umumta’lim maktablariga inklyuziv ta’lim asosida muvaffaqiyatli yo‘naltirilgan. Bu esa bolalarning jamiyatga moslashuvi, mustaqil hayotga tayyorlanishi hamda tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

📝 📝 https://www.facebook.com/ihma.navoiy.viloyati.boshqarmasi
🎞 https://www.youtube.com/@IHMA_Navoiy  🎖  http://ihma.uz/

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
212002
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

21. Mai 2026, 21:54

Aziz fuqarolar va tadbirkorlar!

🧠 Agarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan, Sizga nisbatan:
✅ ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda;
✅ ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlashda;
✅ “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan moddiy yordam va subsidiyalarni ajratishda;
✅ nogironlikni belgilash va tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda;

 Sanatoriy va reabilitatsiya markazlariga yoʻllanmalar olish hamda Qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” uylarga joylashtirishda;
 ijtimoiy reestrga kirish va imtiyozlardan foydalanishda;
✅ farzandlikka olish, vasiylik va homiylikni belgilashda;
✅ tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalanishda;
✅ yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlashda;
✅ inklyuziv taʼlim va adaptiv sport turlaridan foydalanishda;
✅ tizim tashkilotlariga ishga kirish va moliyaviy munosabatga kirishishda tamagirlik, korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar sodir etilsa, Sizdan zudlik bilan Agentlikning 71-239-59-66 yoki 71-202-06-00 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Sizning xabaringiz va shaxsga doir maʼlumotlaringiz sir saqlanishi taʼminlanadi.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
269003
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

21. Mai 2026, 21:54

Photo
🖐 Besh tashabbus paralimpiadasi doirasida viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

🧠 Mazkur musobaqa imkoniyati cheklangan yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salomatligini mustahkamlash hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qilmoqda.

🏃 Musobaqada viloyat bo‘yicha jami 4414 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, saralash bosqichlari yakuniga ko‘ra 286 nafar sportchi viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Ishtirokchilar 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasidan shakllantirildi.

🇺🇿 Viloyat bosqichida adaptiv sportning bir nechta yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Yengil atletika, Stol tennisi, Shaxmat, Badminton, Armrestling sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Eng muhimi, viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar joriy yilning iyul oyida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur paralimpiada yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda adaptiv sportni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📝 📝 https://www.facebook.com/ihma.navoiy.viloyati.boshqarmasi
🎞 https://www.youtube.com/@IHMA_Navoiy  🎖  http://ihma.uz/

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
4930016
IHMA Navoiy viloyati logo
IHMA Navoiy viloyati

21. Mai 2026, 21:54

Farg‘ona viloyatiga xizmat safari doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Agentlik tashabbusi bilan tashkil etilgan Qizlar inqiroz markazi faoliyati bilan tanishdi hamda tarbiyalanuvchilar bilan muloqot o‘tkazdi.

Mazkur markazlarda uydan chiqib ketgan, tazyiq va bullingga uchragan, yaqinlari bilan nizoli vaziyatga tushib qolgan hamda huquqbuzarlik sodir etish xavfi mavjud bo‘lgan voyaga yetmagan o‘g‘il-qizlar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Avvallari bunday bolalar yopiq turdagi muassasalarda jamiyatdan ajratilgan holda saqlangan bo‘lsa, bugungi kunda Bolalarni himoya qilish strategiyasi doirasida ular uchun oilaviy muhitga yaqin, iliq va xavfsiz sharoit yaratilmoqda. Tarbiyalanuvchilar umumta’lim maktablarida tahsil olib, turli to‘garak va mashg‘ulotlarga qatnashmoqda. Shuningdek, ularga psixolog, huquqshunos va pedagoglar tomonidan doimiy hamrohlik ko‘rsatilmoqda.

Mutaxassislar nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari bilan ham tizimli ish olib borib, oiladagi inqiroz sabablarini bartaraf etish hamda o‘zaro ishonchni tiklashga ko‘maklashmoqda. Inqiroz markazlari faoliyat boshlaganiga atigi to‘rt oy bo‘lganiga qaramay, bugungi kunga qadar 21 nafar bola o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi.

“Bizning asosiy maqsadimiz — bolalarni jamiyatdan ajratish emas, balki ularni qiyin hayotiy vaziyatlardan olib chiqish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklash va oilasi hamda jamiyat bag‘rida xavfsiz hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishdir. Har bir bola mehr, himoya va ikkinchi imkoniyatga loyiq”, — dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
308007

Showing 24 of 24 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

Worum geht es im Telegram-Kanal IHMA Navoiy viloyati?+

IHMA Navoiy viloyati (@ihma_navoiviloyati) ist ein Telegram-Kanal in der Kategorie Cybersecurity auf tgdio. Ranking, Bewertungen, Reviews und aktuelle Posts helfen vor dem Abonnieren. Aktuell etwa 2.683 Abonnenten auf tgdio.

Wie trete ich IHMA Navoiy viloyati (@ihma_navoiviloyati) auf Telegram bei?+

Öffnen Sie das Profil auf tgdio und nutzen Sie Join / Open in Telegram, um @ihma_navoiviloyati kostenlos zu abonnieren.

Ist IHMA Navoiy viloyati ein guter Cybersecurity-Kanal?+

Auf tgdio können Sie Bewertung, Reviews, Ranking und Posts von IHMA Navoiy viloyati prüfen. Aktuell etwa 2.683 Abonnenten auf tgdio. Vergleichen Sie mit ähnlichen Cybersecurity-Kanälen.

Wo sehe ich Stats und Beiträge von IHMA Navoiy viloyati?+

Auf tgdio öffnen Sie @ihma_navoiviloyati für Abonnenten-Stats, Ranking, Bewertungen und Posts. Stats zeigt Wachstum.