NamDChTI birinchi prorektor yangiliklari Telegram channel photo

NamDChTI birinchi prorektor yangiliklari

@manaviyat_namsiflPublic Channel

NamDChTI birinchi prorektor yangiliklari shares Religion updates and media on Telegram. Join to stay updated.

ReligionDeutschDeutschland

285

Last views

3.1k (3,099 subscribers)
Members
—
Rating
34
Total Posts
Oct 16, 2026, 2:12 AM
Updated
Apr 13, 2026
Created
Stats

Sie sehen Inhalte auf Deutsch. Um Inhalte in anderen Sprachen zu sehen, ändern Sie die Sprache der Website.

Channel Information

Channel Information
Channel NameNamDChTI birinchi prorektor yangiliklari
Username@manaviyat_namsifl
CategoryReligion
LanguageDeutsch
CountryDeutschland
Members3,099
Channel TypePublic Channel
Created13. Apr. 2026
Last Updated16. Okt. 2026 • vor 6 Tagen
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#34109+109
Language Ranking
#634-2
Category Ranking
#449No change

Participant Growth

Total: 3.1K30 Days growth: +2769.8%
09/1609/2109/2610/0110/0610/1110/15
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
16:09:20262,823
17:09:20262,823
18:09:20262,910
19:09:20262,910
20:09:20262,910
21:09:20262,910
22:09:20262,910
23:09:20262,910
24:09:20262,910
25:09:20262,910
26:09:20262,910
27:09:20262,910
28:09:20262,910
29:09:20262,910
30:09:20262,910
01:10:20262,910
02:10:20262,910
03:10:20262,910
04:10:20262,910
05:10:20262,910
06:10:20262,910
07:10:20262,910
08:10:20262,910
09:10:20262,910
10:10:20262,910
11:10:20262,910
12:10:20262,910
13:10:20262,910
14:10:20262,910
15:10:20263,099
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20262,925
Week of 13:04:20262,920
Week of 20:04:20262,920
Week of 27:04:20262,862
Week of 04:05:20262,862
Week of 11:05:20262,862
Week of 18:05:20262,824
Week of 25:05:20262,824
Week of 01:06:20262,824
Week of 08:06:20262,824
Week of 15:06:20262,824
Week of 22:06:20262,824
Week of 29:06:20262,534
Week of 06:07:20262,534
Week of 13:07:20262,534
Week of 20:07:20262,534
Week of 27:07:20262,534
Week of 03:08:20262,534
Week of 10:08:20262,534
Week of 17:08:20262,566
Week of 24:08:20262,566
Week of 31:08:20262,632
Week of 07:09:20262,823
Week of 14:09:20262,910
Week of 21:09:20262,910
Week of 28:09:20262,910
Week of 05:10:20262,910
Week of 12:10:20263,099
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
April 20262,920
May 20262,824
June 20262,824
July 20262,534
August 20262,632
September 20262,910
October 20263,099
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
20263,099

Latest Posts

Video
😇😇😇😇😇😇😇😇

🇺🇿 Ona tilim — faxrim, g‘ururim!

🇺🇿21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Filologiya fakulteti ENG-EU-25 guruhi talabalari tomonidan ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni aks ettiruvchi videorolik tayyorlandi.

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz!

Tyutor: D.Boboxonova

✈️Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/manaviyat_namSIFL
285004
Photo1/10
😇😇😇😇😇😇😇😇

Ajdodlar merosi sari ma’rifiy sayohat

👍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti ENG-FU-24 guruhi talabalari “Axsikent” ochiq osmon ostidagi muzeyga tashrif buyurushdi.

🏛 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning tarixiy tafakkurini kengaytirish, milliy merosimizning bebaho namunalarini bevosita o‘rganish hamda Vatan tarixiga bo‘lgan qiziqish va hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

✅ Ekskursiya davomida talabalar qadimiy Axsikent shahri xarobalari, mudofaa devorlari qoldiqlari, tarixiy inshootlar, turar-joy izlari hamda arxeologik qazilmalar natijasida topilgan noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Shuningdek, tarixiy majmua bo‘ylab o‘tkazilgan tanishtiruv jarayonida talabalarga ajdodlarimizning turmush tarzi, hunarmandchilik an’analari, savdo aloqalari hamda o‘sha davr madaniy hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Tyutor: Z. Mutalibov

✈️ Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/manaviyat_namSIFL
275001
Photo1/8
Talabalar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida talabalar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari, narkojinoyatlarning oldini olish hamda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda To‘raqo‘rg‘on tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan talabalarga giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, narkojinoyatlarning huquqiy oqibatlari, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda turli salbiy illatlardan yiroq bo‘lish yuzasidan tushunchalar berildi.

Ma'lumotlaringiz xavfsizligi uchun📲 APK Qo'riqchi Ilovasini yuklab oling

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
327000
Исҳоқхон Ибрат номидаги Наманган давлат чет тиллари институти кундузги таълим шаклида таҳсил олаётган талабаларга муҳим эслатма.

Янги ўқув йилининг сентябрь ва октябрь ойларида белгиланган талаблар асосида ариза билан мурожаат этган талабаларга субсидия маблағлари пластик карталарга туширилганлигини маълум қиламиз.

1-босқич талабалари янги пластик карталарни бириктирилган тютор орқали олинишини эслатамиз.

Ҳурмат билан, институт раҳбарияти.
445002
Photo1/8
#filologiya_fakulteti

🎀TALABA QIZLAR TO‘GARAGI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakultetida ENG-CU-24 guruhi talabasi, to‘garak rahbari Abduqahhorova Marjona tomonidan “Talaba qizlar to‘garagi” tashkil etildi.

To‘garak faoliyatining dastlabki uchrashuvida talaba qizlarning faolligini oshirish, ularning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, to‘garakning asosiy maqsad va vazifalari, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar hamda talaba qizlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar yuzasidan kirish suhbati o‘tkazildi.

Asosiy maqsad — bilimli, faol, tashabbuskor va ijtimoiy mas’uliyatli talaba qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda fakultet hayotida faol ishtirokini ta’minlashdir.

🕊Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL
414003
Video
#Til_va_tarjima_fakulteti

🇺🇿ONA TILIM — MILLIY G‘URURIMIZ!

🌸21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Filologiya fakulteti RUA-AR-26-guruhi talabalari tomonidan ona tilimizning go‘zalligi, boyligi va beqiyos qadri tarannum etilgan videorolik tayyorlandi.

✨Ona tilimiz — millatimiz ruhi, o‘zligimiz ifodasi va kelajagimiz poydevoridir. Uni asrash va qadrlash har birimizning muqaddas burchimizdir!

#OnaTilim — #MilliyG‘ururim🇺🇿

Tyutor:M.Xodjiboyeva

🕊Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL
352003
Video
Yer yuzida tarixan jahon savdo-sotig‘i va tijoratida Samarqandchalik muhim o‘rin tutgan maskanlar juda kam topiladi — Marko Rubio

AQSh Davlat kotibi X ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan xabarida shunday dedi:

“Bugun bu yerda nafaqat tarixni yodga olish, balki kelajak imkoniyatlariga ham nazar tashlash maqsadida jam bo‘lib turganimiz men uchun katta sharafdir”

Video o‘zbekcha subtitr bilan.


👉 @xushnudbek 👈
313000
Photo1/2
"Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” milliy tanlovida ishtirok eting va sovrinlarni qo‘lga kiriting!

🌟 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida bu yil ham Milliy tanlov o‘tkaziladi.

🗣 Yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim muassasalari munosib taqdirlanadi.

✅ Ayni paytda aileaders.uz platformasidagi kurslarda bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishni boshlang! Ehtimol, bu yilgi g‘oliblar safida siz ham bo‘larsiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
366000
Photo1/2
#Til_va_tarjima_fakulteti

📚BEPUL RUS TILI GURUHI TASHKIL ETILDI!

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bepul rus tili to'garagi  tashkil etildi.

Mazkur tashabbus RUS-AR-26 guruh talabasi Abduqahharova Mashhura tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, rus tilini o‘rganishga qiziquvchi talabalar uchun qo‘shimcha bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.

🗓Darslar haftada dushanba kuni tashkil etiladi.

✨Rus tilini o‘rganishga qiziqsangiz, ushbu bepul guruhga qo‘shilib, bilim va ko‘nikmalaringizni yanada rivojlantirishingiz mumkin.

📌Siz ham guruhga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz:

📞Murojaat uchun: +998500852555

🚀Telegram:
@Abduqahhorova_Mashhura

📈Bilim ulashilgan sari ko‘payadi!

🌎Bizni kuzatishda davom eting:
@namsiflBT

🌐Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL
402000
Photo1/8
#Til_va_tarjima_fakulteti

🌸“HAYOT GO‘ZAL, CHUNKI UNDA MEN BORMAN!”

🧠PSIXOLOGIK TRENING — IJOBIY KAYFIYAT VA HAYOTGA MUHABBAT SARI!

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Til va tarjima fakultetida talaba-yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda hayotga ijobiy munosabatni shakllantirish maqsadida “Hayot go‘zal, chunki unda men borman!” mavzusida psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi.

✨Mashg‘ulotda Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi N.Atabayeva hamda XTA-CU-24 guruhi talabalari faol ishtirok etdilar.

💫Trening davomida talabalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ichki imkoniyatlarini anglash, ijobiy fikrlash, his-tuyg‘ularini to‘g‘ri ifodalash hamda hayotdagi qiyinchiliklarga bardosh bilan yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tyutor:S.Jo‘raboyeva

🕊Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL
472003
#Talabalarga #Joylashuv

❓ FILOLOGIYA FAKULTETI JOYLASHUVI VA FAKULTETDAGI YO'NALISHLARNI BILASIZMI?

2026/2027-o‘quv yili uchun Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan aziz abituriyentlar!

2-binoda joylashgan Filologiya fakulteti ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishing:

🔹60230101-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili);
🔹60112600-Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili);
🔹60230119-Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili);
🔹60230103-Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili);
🔹60410100-Iqtisodiyot;
🔹61010100-Turizm va mehmondo'stlik;
🔹60230205-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili);
🔹60220300-Tarix.

📍 To‘raqo‘rg‘on tumani, To‘raqo‘rg‘on shahri, Saodat ko‘chasi 28-uy manzilida joylashgan 2-o‘quv binosi.

📍 O‘quv binosining geolokatsiyasi: https://maps.google.com/maps?q=41.006459,71.509312&ll=41.006459,71.509312&z=16

🌐 https://t.me/OTM_oid_qonunchilik
48000
Photo
#Talabalarga #Joylashuv

❓ TIL VA TARJIMA FAKULTETI JOYLASHUVI VA FAKULTETDAGI YO'NALISHLARNI BILASIZMI?

2026/2027-o‘quv yili uchun Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan aziz abituriyentlar!

Asosiy binoda joylashgan Til va tarjima fakulteti ta’lim yo‘nalishlari, dars jarayonlari bilan yuqoridagi rasm orqali tanishishingiz mumkin.

📍 Namangan shahri, Davlatobod tumanidagi Yoshlik ko‘chasi 100-A uy manzilida joylashgan asosiy o‘quv binosi.

📍 O‘quv binosining geolokatsiyasi: https://maps.google.com/maps?q=41.020537,71.549266&ll=41.020537,71.549266&z=16

🌐 https://t.me/OTM_oid_qonunchilik
43000
Photo
❗️1 mlrd so’mlik ta’lim granti: kontraktdagi talabalar uchun XushnudbekUz kanali "Mustaqillik-35" grantini e’lon qildi

Bir necha yil avval yaxshi niyatlar bilan http://Metsenat.uz/ loyihasini boshlagandik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investitsiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi. Bugunga qadar loyihamizda salkam 7 mlrd so’mlik grant va stipendiyalar e’lon qilindi.

Allohga shukr, mamnuniyat bilan navbatdagi ta’lim grantini e’lon qilmoqchimiz.

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan XushnudbekUz Telegram kanali e’lon qilgan ta’lim grantida 100 nafar talabaga 10 mln so‘mdan, jami 1 milliard so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

ℹ️ Ma’lumot uchun: mazkur ta’lim granti Yoshlar ishlari agentligining Ibrat farzandlari, Mutolaa, UzChess, Ustoz AI, Ko‘mak, Yoshlar Ventures, UzCombinator kabi loyihalari bilan kelishuv asosida e’lon qilinmoqda. Kelishuvimizga ko‘ra, men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalarni tekinga targ’ib qilaman, evaziga esa ular 100 nafar talabaning kontrakti uchun 10 million so’mdan to’lab berishadi.

❗️Ariza topshiring hamda 100 nafar g‘olibdan biriga aylaning.

📲 https://metsenat.commeta.uz/grants/mustaqillik

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat, nodavlat, diniy oliygohlar uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, kechki, masofaviy va sirtqi

👥 Necha kishiga beriladi: 100 nafar (shundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uchun)

💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 10 mln so‘mdan (jami 1 mlrd so‘m)

❓Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar. Shuningdek, anketa oxirida yoziladigan esse ham juda muhim.

📲 https://metsenat.commeta.uz/grants/mustaqillik

⏳Hujjatlar 15-sentyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

Eslatma: arizalar to‘liq elektron tizim orqali qabul qilinishi tufayli, mabodo hujjat topshirishda texnik muammo yoki tushunmovchilik bo‘lsa, https://t.me/xushnudbekuz izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


👉 https://t.me/xushnudbek 👈
169001
Photo
😇😇😇😇😇😇😇😇

🏢 TALABALAR TURAR JOYIDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK

🎓 Yangi 2026/2027-o‘quv yili arafasida Talabalar turar joyida talabalarni kutib olish va joylashtirish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

🎓 Talabalar bilan birga ularning ota-onalari ham samimiy kutib olinib, TTJdagi yashash sharoitlari, mavjud qulayliklar hamda ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirilmoqda.

🛏️ Talabalar belgilangan tartib asosida o‘z xonalariga joylashtirilib, ularning maroqli va qulay yashashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

🏆 Zamonaviy talablar asosida ta’mirdan chiqarilgan, shinam va barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan xonalar talabalarga yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlari uchun munosib muhit yaratmoqda.

🏆Aziz talabalar, Talabalar turar joyimizga xush kelibsiz!

🏆Sizga yangi o‘quv yilida mustahkam bilim, ulkan zafarlar, yorqin taassurotlar va omad tilaymiz! Yangi o‘quv yili barchangiz uchun unutilmas va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!

TTJ mudirasi — G. Kosimova

✈️Bizni kuzatishda davom eting:
542004
Photo
📚 KECHKI TA’LIM TALABALARIGA AMALIY KO‘MAK
Til va tarjima fakultetining kechki ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan, uzoq hududlardan tashrif buyurgan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
🤝 Fakultet dekani o‘rinbosari tomonidan yangi talabalarga:
🏠 ijara xonadonlarini topish va joylashish;
🏫 o‘quv binolari va auditoriyalarni aniqlash;
📖 dars jarayonlarini tashkil etish tartibi;
🕐 mashg‘ulotlar jadvali va ta’lim jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berilmoqda.
Mazkur amaliy ko‘mak orqali uzoq hududlardan kelgan talabalar uchun ta’lim muhitiga tez va qulay moslashish, ularning ota-onalarida esa zarur tushuncha va ishonchni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎓 Til va tarjima fakulteti — har bir talaba uchun qulay ta’lim muhitini yaratish yo‘lida!
612001
📌Talabalarga eslatma!

Oliy ta'lim muassasalarining to'lov-kontrakt pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan:

✅ 25% – 15-sentyabrgacha (1-kurs);
✅ 25% – 1-oktyabrgacha (2-3-4-kurslar);
✅ 50% – 1-yanvargacha;
✅ 75% – 1-aprelgacha;
✅ 100% – 1-iyulgacha.

🌐 https://t.me/OTM_oid_qonunchilik
548002
Photo
🏠 Endi talabalarga turar joy muammo emas!

Yangi o'quv yilida talabalar va ularning ota-onalarini o'ylantiradigan muhim masalalardan biri — turar joy topish. Endilikda bu borada ham qulay imkoniyat yaratilmoqda.

❤️ Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida:
▪️ talabalarni talabalar turar joyiga va ijara xonadonlariga joylashtirish shtabi tashkil etilgan;
▪️ institutimizga kelgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida "Ijara xonadonlar" kanali ishga tushirilgan;
▪️ maxsus monitor orqali mavjud uylar haqidagi ma'lumotlarni ko'rib chiqib, talaba uchun eng mos turar joyni topish imkoniyati yaratilgan.

Til va tarjima fakulteti ijara xonadonlar kanali:
👉 https://t.me/Til_va_tarjima_fakulteti_ijara
☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998 99 322 06 62
Kanalga qo'shiling va o'zingizga qulay turar joyni tanlang!

🎓 Talabalik — yangi hayotning boshlanishi. Biz esa bu yo'lni siz uchun yanada qulay qilishga intilamiz!

Birgalikda muvaffaqiyat sari!

#NamDCTI
#TilBilimKelajak
#TalabaTurarJoyi
#BilimliYoshlar

🕊Bizni kuzatishda davom eting
707002
Video
🏠ENDI TALABALARGA TURAR JOY MUAMMO EMAS!

Yangi o‘quv yilida talaba va ularning ota-onalarini o‘ylantiradigan muhim masalalardan biri — turar joy masalasi.

🇺🇿 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirish shtabi tashkil etildi.

Shuningdek, talabalar uchun:
- “Ijara xonadonlar” kanali yo‘lga qo‘yildi;
- mavjud uy-joylar haqidagi; ma’lumotlarni maxsus monitorda ko‘rish imkoniyati yaratildi;
- talabalarga o‘zlari uchun eng mos turar joyni topishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda;

🎓 Talabalik — yangi hayotning boshlanishi. Biz esa bu yo‘lni siz uchun yanada qulay qilishga intilamiz!

📍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

🌐Bizni kuzatishda davom eting: https://t.me/namsiflBT
526004
Photo
🛑🛑🛑
#Til_va_tarjima_fakulteti

🏠1-KURS TALABALARINI TTJGA JOYLASHTIRISH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida 1-kurs talabalarini talabalar turar joyiga (TTJ) joylashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

✅Fakultet tyutorlari tomonidan TTJga kelgan yangi talabalar kutib olinib, ularni joylashtirish jarayonida yaqindan ko‘mak berilmoqda. Talabalarga TTJdagi ichki tartib-qoidalar, yashash sharoitlari hamda zarur tashkiliy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

✅Jarayon davomida talabalarning qulay va xavfsiz joylashishi, yangi muhitga moslashishi hamda o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi uchun barcha zarur amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

🕊Bizni kuzatishda davom eting
648001
Photo
#Til_va_tarjima_fakulteti

👨‍💼“Ichki chamadon” texnikasi asosida seminar-trening o‘tkazildi

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talabalarining ijtimoiy-psixologik holatini o‘rganish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

🧳Mazkur tadbir institut psixologi L.Abdug‘opporova hamda Til va tarjima fakulteti tyutorlari M.Xodjiboyeva va A.Jurayevlar hamkorligida o‘tkazildi. Seminar davomida talabalar bilan samarali muloqot o‘rnatilib, ularning ichki kechinmalari, hissiy holati va psixologik muammolarini aniqlashga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar olib borildi.

🧳Trening jarayonida “Ichki chamadon” hamda “Diqqat” texnikalaridan foydalanildi. Ushbu metodlar orqali talabalar o‘z his-tuyg‘ularini tahlil qilish, ortiqcha ruhiy yuklardan xalos bo‘lish va diqqatni jamlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.

🧳Seminar-trening yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar ushbu kabi amaliy mashg‘ulotlarning yoshlar ruhiy salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.

📨Bizni kuzatishda davom eting
208000
Photo
#Til_va_tarjima_fakulteti

✨“Mehr va saxovat kuni” doirasida ezgu tashrif tashkil etildi✨

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyundagi PF-82-sonli “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 14-bandiga muvofiq, har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilangan.

✅Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek Namangan davlat chet tillari institutining 2026-yil 29-yanvardagi 20-F/B-sonli buyrug‘i 1-ilovasi 17-bandiga asosan, Til va tarjima fakulteti tyutorlari N.Ergashboyev hamda S.Jo‘raboyeva tomonidan ezgu tashrif amalga oshirildi.

✅Tashrif davomida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 12-maktabning nemis tili o‘qituvchisi, “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Shuhrat” medali sohibasi Maqsudova Xolidaxon Nayimovna holidan xabar olinib, unga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.

✅Ushbu tashrif keksalarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, jamiyatda mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

👍👍👍👍👍👍👍👍

📨Bizni kuzatishda davom eting
301002
Photo
Korrupsiya yoshlar kelajagiga tahdid

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti 2-kurs guruhi talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish maqsadida  davra suhbati tashkil etildi.

✅Tadbirda institut korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i A. Ikromov,Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi B.Jalolov hamda tyutor N.Ergashboyev  tomonidan o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalarga korrupsiyaning asl mohiyati, uning yoshlar hayoti va kelajagiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi sodda va tushunarli misollar orqali yoritib berildi.

Tyutor: N.Eragshboyev

👍👍👍👍👍👍👍👍

📨Bizning manzil:
350001
Photo
#Til_va_tarjima_fakulteti

⏱SOG‘LOM TURMUSH TARZI – USTUVOR YO‘NALISH!

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi sport tadbiri tashkil etildi.

🏆Til va tarjima fakulteti, institut bo‘limlari hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida belgilangan grafik asosida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

✅Musobaqa jarayonida ishtirokchilar yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan qatnashib, o‘zaro jamoaviylik, hamjihatlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

✅Tadbir davomida sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, sport orqali jamoa ruhini mustahkamlash, faol hayot tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.

🤩Bunday sport tadbirlari jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jamoada ijobiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

😎Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFLvv
298004
Photo
YOSHLAR KUNI

Yosh avlod va tarixiy xotira

🙍 «Is’hoqxon Ibrat – Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi»ga Namangan shahri 1-DIMI maktabining 6-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi.

🏛20 nafar o‘quvchi jadidlar merosini o‘rganish maqsadida muzeyga kelib, Is’hoqxon Ibrat hamda Namangan jadidchilik harakatining yirik
namoyondalari hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

⏳Ekskursiya davomida o‘quvchilar jadid bobolarimizning ma’rifat yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, ular qoldirgan bebaho ilmiy va ma’naviy meros haqida keng tasavvurga ega bo‘ldilar.

📖O‘z tarixini bilgan avlod — mustahkam kelajak bunyodkoridir!

👍👍👍👍👍👍👍👍

✈️Bizni kuzatishda davom eting:
189001
Photo
😇😇😇😇😇😇😇😇

Yoshlar kuni: sog‘lom turmush sari muhim qadam

👍O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportni ommalashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan Filologiya fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida ertalabgi badan tarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

✅Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda kunni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga undashdan iborat bo‘ldi.Mashg‘ulotlar davomida talabalar turli jismoniy mashqlarni bajarib, bir-birlariga ijobiy energiya ulashdilar. Ushbu tashabbus nafaqat sog‘liqni mustahkamlash, balki jamoaviylik va birdamlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

👍👍👍👍👍👍👍👍

✈️Bizni kuzatishda davom eting:
259000
Video
#Til_va_tarjima_fakulteti

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tyutorlar talaba-yoshlari bilan birgalikda qariyalar “Saxovat uyi”ga tashrif buyurilib, nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olindi.

🟡Tashrif davomida keksalar bilan samimiy suhbat qurilib, ularga e’tibor va mehr ko‘rsatildi. Talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, dilga yaqin suhbatlar hamda ezgu tilaklar ulashilib, nuroniylarning kayfiyati ko‘tarildi.

🟡Mazkur tashrif  talaba-yoshlarda kattalarga hurmat, mehr-oqibat va insonparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tyutor:S.Joʻraboyeva

👍👍👍👍👍👍👍👍

📨Bizni kuzatishda davom eting
372001
Photo
#Til_va_tarjima_fakulteti

👍Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti tyutorlari D.O‘rinova, M.Xodjiboyeva hamda Davlatobod tumani “Tadbirkor” MFY xotin-qizlar faoli M.Yakubova hamkorligida talaba-yoshlarning ijara xonadonlari o‘rganildi.

🔎O‘rganish jarayonida talabalar yashash sharoitlari, maishiy qulayliklar, sanitariya-gigiyena holati hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💎Shuningdek, talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari tinglandi hamda zarur tavsiyalar berildi. Mazkur jarayon talaba-yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ular uchun munosib yashash sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

👍👍👍👍👍👍👍👍

📨Bizni kuzatishda davom eting
369001
Video
#Kinotavsiya: "Otamdan qolgan dalalar" filmi

"Esimda, Buxoroda o‘tkazilgan kino kunlarida havo 20 daraja sovuq edi. Zalda tumonat odam. Men qalin kiyinib olgan bo‘lsam-da, muzlab qolganimdan sovuqda o‘n daqiqa ham o‘tirolmadim. Hattoki, kichkina bolalargacha to‘rt soatlik kinoni oxirigacha ko‘rdi, hech kim zaldan chiqib ketmadi. Bunga sabab nima edi? Tomoshabinni qanday joziba to‘rt soatlik kinoni ko‘rishga majbur etdi? Axir "Otamdan qolgan dalalar" filmi Amerika kinolariga o‘xshab detektiv bo‘lmasa yoki Meksika seriallariga o‘xshab bir ilmoq bilan tomoshabinni aldab o‘tirmasa… Yo‘q! Tomoshabinni film oxirigacha o‘tirishga majbur etgan sabab – ekranda ayovsiz, haqqoniy hayot kechmoqda edi".

©️Shuhrat Abbosov, rejissyor
201001
Photo
🏆 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari o‘rtasida onlayn shaxmat turniri

Barcha talabalar faol bo‘lishga chorlab qolamiz!

Vaqt nazorati: 5+0
Boshlanishi: 12-aprel, 2026, 20:00
Tugashi: 12-aprel, 2026, 23:00
Ishtirokchilar: cheksiz

Qanday ishtirok etish mumkin?
1. Pastdagi tugmani bosing
2. Turnir sahifasi ochilganda "Qo'shilish" tugmasini bosing
3. Turnir boshlanish vaqti kelganda kiring va kutib turing, tizim sizni avtomatik raqib bilan ulaydi
4. Ko'proq o'yin ko'proq ball!

Ushbu havola orqali
https://t.me/ShohMotBot – Onlayn shaxmat o‘ynang!

✈️Bizni kuzatishda davom eting:
614003

Showing 30 of 34 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

Worum geht es im Telegram-Kanal NamDChTI birinchi prorektor yangiliklari?+

NamDChTI birinchi prorektor yangiliklari (@manaviyat_namsifl) ist ein Telegram-Kanal in der Kategorie Religion auf tgdio. Ranking, Bewertungen, Reviews und aktuelle Posts helfen vor dem Abonnieren. Aktuell etwa 3.099 Abonnenten auf tgdio.

Wie trete ich NamDChTI birinchi prorektor yangiliklari (@manaviyat_namsifl) auf Telegram bei?+

Öffnen Sie das Profil auf tgdio und nutzen Sie Join / Open in Telegram, um @manaviyat_namsifl kostenlos zu abonnieren.

Ist NamDChTI birinchi prorektor yangiliklari ein guter Religion-Kanal?+

Auf tgdio können Sie Bewertung, Reviews, Ranking und Posts von NamDChTI birinchi prorektor yangiliklari prüfen. Aktuell etwa 3.099 Abonnenten auf tgdio. Vergleichen Sie mit ähnlichen Religion-Kanälen.

Wo sehe ich Stats und Beiträge von NamDChTI birinchi prorektor yangiliklari?+

Auf tgdio öffnen Sie @manaviyat_namsifl für Abonnenten-Stats, Ranking, Bewertungen und Posts. Stats zeigt Wachstum.