Sardor Sodikov - Blog Telegram channel photo

Sardor Sodikov - Blog

@sardorsodikovPublic Channel

▪️Iqtidor xalqaro maktabi bosh direktori ▪️“Global Education” Nodavlat ta'lim muassasasi asoschisi ▪️Qarshi shahridagi Prezident maktabining faxriy direktori

IPLDeutschDeutschland

359

Last views

727 (727 subscribers)
Members
—
Rating
44
Total Posts
Oct 18, 2026, 1:56 AM
Updated
May 13, 2026
Created
Stats

Sie sehen Inhalte auf Deutsch. Um Inhalte in anderen Sprachen zu sehen, ändern Sie die Sprache der Website.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSardor Sodikov - Blog
Username@sardorsodikov
CategoryIPL
LanguageDeutsch
CountryDeutschland
Members727
Channel TypePublic Channel
Created13. Mai 2026
Last Updated18. Okt. 2026 • vor 4 Tagen
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#171926+231
Language Ranking
#2802No change
Category Ranking
#1131-6

Participant Growth

Total: 72730 Days growth: +10.1%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
18:09:2026726
19:09:2026726
20:09:2026731
21:09:2026731
22:09:2026731
23:09:2026731
24:09:2026731
25:09:2026731
26:09:2026731
27:09:2026731
28:09:2026731
29:09:2026731
30:09:2026731
01:10:2026731
02:10:2026731
03:10:2026731
04:10:2026731
05:10:2026731
06:10:2026731
07:10:2026731
08:10:2026731
09:10:2026731
10:10:2026731
11:10:2026731
12:10:2026731
13:10:2026731
14:10:2026731
15:10:2026731
16:10:2026731
17:10:2026727
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 11:05:2026730
Week of 18:05:2026730
Week of 25:05:2026730
Week of 01:06:2026730
Week of 08:06:2026730
Week of 15:06:2026730
Week of 22:06:2026730
Week of 29:06:2026730
Week of 06:07:2026690
Week of 13:07:2026690
Week of 20:07:2026690
Week of 27:07:2026690
Week of 03:08:2026690
Week of 10:08:2026690
Week of 17:08:2026702
Week of 24:08:2026702
Week of 31:08:2026720
Week of 07:09:2026726
Week of 14:09:2026731
Week of 21:09:2026731
Week of 28:09:2026731
Week of 05:10:2026731
Week of 12:10:2026727
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
May 2026730
June 2026730
July 2026690
August 2026702
September 2026731
October 2026727
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
2026727

Latest Posts

Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

18. Okt. 2026, 00:03

Ha, bu yerda IIB xodimlarining niyati yaxshi, bolalarning xavfsizligini o'ylashmoqda, AMMO...

Butun dunyo doirasida UNICEF ning Bola huquqlari konvensiyasining 16-bandida aniq tiniq qilib yozib qo'yilibdi - "Bolaning shaxsiy daxlsizligi himoya ostida. Qonun bolalarning shaxsiyatini (shaxsiy chegaralarini), oilasini, uyini, munosabatlarini va obro'sini har qanday xavfdan himoya qiladi" deb. Bu yerda bolaning shaxsiy daxlsizligi buzilgan. Bolaning va uning ota-onasining ruxsatisiz ommaviy izza qilinmoqda va uni 2mlndan ortiq obunachi bor davlat xodimi ijtimoiy tarmoqqa chiqarmoqda.

Shuningdek, dars vaqti huquq targ'ibot organlari tomonidan «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni 5-moddasida ko'rsatib o'tilgan "pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish va uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish taqiqlangan" degan bandi buzilmoqda. Ha aytishingiz mumkin, ruxsat so'rashgandir deb, lekin davlat maktabida kim ularga darsimni bo'lmang deyishga duxi yetadi?!

Axir, bolalarga endi bu video tamg'a bo'lib qolib, endi maktabda sinfdoshlari tomonidan bullying (tazyiq, bezorilik)ga uchrashlari mumkin: "Ana jinoyatchi bollar", "Ana dadasi jinoyatchi kelyapti", "Dadangni milisalar qidirib keldi" degan gaplar ostida qolib ketish xavfi yaratildi.

Ichki ishlar, YPX, Milliy Gvardiya yoki Xavfsizlik xodimlari bizga "XAVFSIZLIK" xissini berish o'rniga, yana ulardan qo'rqadigan, ularga ishonmaydigan kayfiyatni berishda davom etishmoqda.

Ha, yoshlikdan kaltak yeb, izza qilinib, shu sababli qatiyatli bo'lib (aslida qo'rqib) o'qib-o'rganib mana odam bo'ldikku deb yuqoridagi holatni to'g'ri deb bilayotganlar, yoki bu darajada vaziyat jiddiy emasku deb, vaziyatga yengil qarayotganlar bo'lishi mumkin. Ammo biling, bolalarga nisbatan har qanday tahdid, bu jismoniy bo'ladimi, jinsiy bo'ladimi, psixologik bo'ladimi, kichik tahdid bo'ladimi, o'z nomi bilan tahdid. O'z nomi bilan bola huquqlarini poymol bo'lishi!

Bolalar ombudsmani, ijtimoiy himoya agentligi yoki ta'lim vazirligi bu borada munosabat bildirishi shart deb bilaman. Bolalarni himoya qilish barchamizning vazifamiz. Mening ham vazifam bolalarni himoya qilish bo'lgani uchun, munosabat bildirib ushbu postni yozmoqdaman!

@sardorsodikov
3590044
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

17. Okt. 2026, 23:43

Video
Bu videoga nima munosabat bildirasiz?

Siz munosabat bildirib turing, men ham hozir alohida post yozyapman bu haqida!

@sardorsodikov
3460011
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

13. Okt. 2026, 00:38

O'zimga nasihatlar...

Odamlarni samimiysi bilan gaplashaylik, tanishlar mo'l bo'lsa ham.
Kontentlarni foydalisini ko'raylik, trafikimiz 'unlim' bo'lsa ham.
Biznesni halolini qilaylik, qanchalik uddaburon bo’lsak ham.
Ovqatni sog'lomini yeylik, pulimiz ko'p bo'lsa ham.
Gapni dangalini aytaylik, so'z boyligimiz ko’p bo'lsa ham.
Kasbni salohiyatimizga va qiziqishimizga qarab tanlaylik, qiziqishimiz cheksiz bo'lsa ham.

@sardorsodikov
7690055
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

08. Okt. 2026, 08:25

Maktab ochish va uni muvaffaqiyatli yuritish bo'yicha 1 kunlik seminar tashkillashtirmoqdaman. Fikrlar almashamiz, akademik muammolarga yechim taklif qilamiz, o'quvchilarning sonini ko'paytirish bo'yicha strategiyalar shakllantiramiz va networkingni kuchaytiramiz. Marhamat, havola orqali ro'yxatdan o'ting, o'zim shaxsan sizga aloqaga chiqaman va tadbirimizning mazmuni bilan tanishtirib, taklif qilaman.

Oldingi safar qatnashganlarning fikrlari haqida ushbu havolada tanishing

👉 t.me/iqtidor_xalqaro_maktabi/347 👈

@sardorsodikov
1,1700015
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

08. Okt. 2026, 08:21

Video
🤔 Maktab ochishni rejalashtiryapsizmi yoki faoliyatingizda muammolarga duch kelayapsizmi?

Unda bu 1 kunlik amaliy seminar aynan siz uchun.

Seminarda:
🔹 Maktabni to‘g‘ri tashkil etish
🔹 Boshqaruv va jamoa bilan ishlash
🔹 O‘quvchilarni jalb qilish
🔹 Marketing va reklama
🔹 Ota-onalar bilan munosabatlar
🔹 Maktab biznesidagi muammolarga amaliy yechimlar

✍️Ro'yxatdan o'tish uchun 👉HAVOLA👈
🎯 Maqsad — muammoni ko‘rish bilan birgalikda, unga yechim ham topishdir.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Veb-sahifa | 📹 Youtube
658007
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

28. Sept. 2026, 16:49

Bugun bir xususiy maktabning instagramida o’quvchilardan olingan so’rovnoma video chiqib qoldi. Mazmuni “siz 1-oktyabrda ustozizga nima sovg’a qilasiz?” deb so’ralmoqda. Ustozlarga hurmatimiz cheksiz, ammo, bolajonlar ustozlariga, voyaga yetib, oyoqqa turib olganlaridan so’ng hadyalar berishlari kerak emasmi? Hurmatli ota-onalar, farzandingiz ustoziga sovg’a olib berguncha, o’z ustozlaringizni borib yo’qlasangiz bo’lmaydimi? Axir shu kichik sovg’a salomlar, manfaatbozlikka, oxir oqibat, sovg’a bermagan o’quvchi va sovg’a bergan o’quvchilarga ikki xil munosabat shakllanishida, sovg’a yuborgan ota-ona ustozga nisbatan yanada “doljensizku” degan munosabat shakllanishiga yetaklamaydimi?

Mayli bolajonlar ustoziga sovg’a bersin, ammo bu ota-onasini puliga bo’lmasin. Qo’lbola ustoziga xat yozsin, rangli qog’ozlardan gullar yasasin, lekin ota-onani puliga buket, shokolad va boshqa narsalarni qatiyan to’xtatish kerak.

@sardorsodikov
1,0500072
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

27. Sept. 2026, 21:26

Photo1/2
Terma jamoamiz bollari - shakarsizlar shakar!

Aslida haqiqiy qahramon bu Rustam aka Qosimjonov. Shu inson borligi sababli bizning avlodda va bizdan keyingi avlodda nafaqat havas, shuningdek ishonch ham paydo bo’lgan. Hammasi uchun rahmat Rustam aka, hammasi uchun rahmat yigitlar. Otangizga-onangizga ming rahmat!

@sardorsodikov
7340060
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

27. Sept. 2026, 16:32

⚡️O’zbekiston – ikki karra butunjahon shaxmat olimpiadasi g’olibi!!!
6250037
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

23. Sept. 2026, 19:32

Shaxmatni ko’ryapsizlarmi?

Kechadan oldin kuni 1,5mlrd aholisi bor Hindistonni yutgan bo’lsak, bugun 1,4mlrd aholisi bo’lgan Xitoyni yutdik. O’zimga sig’mayapmaneeee.

Endi buyog’iga yangi tug’ilgan chaqaloqlarga Nodirbek degan ismlar qo’yiladiyov 🙂🙂🙂

@sardorsodikov
1,1800058
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

22. Sept. 2026, 15:11

Video
Shaxmatni doimiy kuzatmaydigan obunachilarimiz kecha qanaqa dramatik va hayajonli bahs bo’lganini sal tushunmay qolishdi.

Shu sababli sizlar uchun izohlari bilan alohida video tayyorladim. Videoda shaxmatchilar, sharhlovchilar, kuzatuvchilarning emotsiyasi va hayajonini ko’rishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
8680030
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

07. Sept. 2026, 19:21

Siz yoshligingizda rus tilida muloqotdan qiynalganligingiz uchun, bu muammo bolamda qaytalanmasin deb, yoki bolam yoshligidan rus tilida mukammal bo'lsin deb bolangizni to'lig'icha rus sinfga topshirishingizning ehtimoliy oqibatlari haqida aytib o'tsam!

1. Rus tilini mukammal bilmaganingiz sababli, bolangizga baribir ham rus tilidan yordam bera olmaysiz.
2. Rus tili baribir ham uning ona tilisi emasligi sababli, qiynaladi.
3. Ertaga rus tilini zo'r o'rganib ketsa, ota-onasini rus tilini bilmaslikda va ular bilan erkin muloqot qila olmayotganlikda, ota-onani ayblaydi.
4. Yuqoridagi sabab tufayli, umr yo'ldosh tanlashda, rusiyzabon insonni tanlaydi, chunki erkin muloqot qiladi.
5. Xullas, oxir oqibat, kelajakda u rusiyzabonlik qulay jamiyatni tanlaydi.

Balkim bu xato emas, ota-onaning maqbul tanlovidir. Ya'ni oqibatini tan olgan holda, bilgan holda rusiyzabon sinfni tanlayotgandir. Ammo shaxsan men uchun, o'zbek tilimiz bilan odob, ahloq, tarbiya va milliy qadriyatlar uyg'unlashib singadi. Buni rusiyzabon sinfda topib bo'lmaydi.

@sardorsodikov
1,6600072
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

O'zbekistondagi maktab ta'limi tizimidagi nima muammolardan charchadingiz?
Va qanday konstruktiv yechimlarni taklif qila olasiz?

P.S. Iltimos, hissiyotlarga berilmasdan, obyektiv izohlar qoldiring! Izohlarda suhbatlashamiz!
1,130000
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

Video
МАДАНИЯТСИЗ!

Ассалому алайкум, аслзода кўрарманлар.

Ҳафтада бир марта эфир юзини кўрадиган "Япон оталар сўзи" кўрсатувига хуш келибсиз.

Ишхонамиздаги тушлик пайтидан фойдаланиб Шакарбой отанинг ўгитларини эшитиб олдик. Сизларга ҳам армуғон этишни хоҳлади, бу суюқ кангул.

Кўринг ва хулоса чиқаринг.

Баҳодир НИППОНИЙ - Яхши кунларда сиз билан бирга. Отахонлардан сўранг)

https://t.me/BahodirIskandarov
1,4500023
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

Eng katta ko’rlik - bu o’z fikringizni yagona haqiqat deb, boshqa fikrlarni e’tiborga olmaslik!
1,1100053
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

Photo
Iqtidor xalqaro maktabimizga ishga topshirish uchun 1 hafta oldin alohida platformani ishga tushirgan edik. Vakansiyalarga faol tarzda arizalar kelib tushmoqda. Ammo eng achinarlisi, nomzodlar nega maktabimizda ishlamoqchiliklari haqidagi savolga doimo "o'zimni rivojlantirmoqchiman, tajribamni oshirmoqchiman, yaxshi maosh olmoqchiman" degan egoist javoblarni berishgan. Shu javoblarni o'qib, bolalarchi, bolalarga nimadir ulashish rejangiz bormi degim keladi.

93 ta nomzoddan atigi 5taginasi suhbat bosqichiga o'tdi xolos. Ishga ariza topshirish etikasini o'rgatishimiz kerak yoshlarimizga. Xususiy universitetni tugatayotganlar o'ta sifatsiz ariza to'ldirishadi. Xususiy universitetlarga bo'lgan qarashlarimni, ularning bitiruvchilari tushirib yuborishmoqda.

Xullas, kadroviy krizis Qarshida...
1,4700034
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

Video
Ilm yuqishi haqidagi oddiy haqiqat!

Ustozingizni seving, yaxshi ko’ring, hurmat qiling va ixlos qiling!

Jamoatning ixlosi - imomning ilhomi! deyishadi. Shogirdlar ixlosi - ustozning ilhomi desak ham mubolag’a bo’lmaydi.
3,4500039
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

Video
Baribir tabiatni sevamanda. Allohning eng chiroyli mo’jizalaridan bir bu albatta tabiat. O’zi buyuk chevar, O’zi buyuk musavvir!
1,3400043
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

Video
Bolalarimizga aqlini tanishi bilanoq, balkim undan ham oldindir, tozalikni, suvni tejashni, to’g’ri taomlanishni, hurmat qilishni va barcha odob-ahloq qoidalarini o’rgataylik. Buning uchun alohida nimadir qilishimiz shart emas, o’zimiz shunchaki o’rnak bo’lib bersak bo’ldi.

Alloh barchamizni farzandlarimizni o’z panohida asrasin. Safardaligim uchun, bolajonlarimizni juda ham sog’indim!
1,1700060
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

Fidbek berish/olish odobini o’rganing. Fidbek konstruktiv bo’lishi shart! Masalan:

Mumkin emas:
❌ Darsingiz yaxshi bo’lmadi!

Konstruktiv fidbek:
✅ Darsingizning boshlanish qismi murakkabroq bo’lib, tushunishga qiyin bo’ldi. Ko’proq misollar keltirsangiz, menimcha oson hazm bo’lar edi.

Konstruktiv Fidbekni to’g’ri bera olgan/olmaganligizni tekshirish:

✅ Suhbatdoshingiz xursand bo’lib xonangizdan chiqdi, o’zgarish rejalarini tuzdi, amalda tadbiq qildi, sizdan xursand bo’ldi.
❌ Sizdan jaxli chiqdi, xafa bo’ldi, baxslashdi, amalda tadbiq qilmadi.

Aniqlikka asoslangan fidbek bera olmasangiz, iltimos, o’zingizni ham, birovni ham vaqtini olmang!
Fidbek qabul qila olmasangiz, fidbekni boshidan eshitmang va siz uchun qayg’urgan odamni kayfiyatini buzmang!
1,3600035
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

Kun iqtibosi:

Jamiyatning ruhini bilish uchun uning bolalariga qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rish kifoya.

Nelson Mandela,
Nobel tinchlik mukofoti sovrindori
1,4400040
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

02. Sept. 2026, 18:12

"Farzandingiz ilohim ota-onasiga o'xshasin" degan tilaklar qarg'ish yoki duo ekanligini o'zimizga bog'liq!
1,8500077
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

25. Aug. 2026, 20:26

O’ta og’riqli mavzu! Ushbu insonni shaxsiy fikrlarini hurmat qilgan holda, fikrlariga qarshi fikrlarim: 1. Biz millat o’laroq tayoq yeb haliham odam bo’lmadik. “Ho’p bo’ladi boshliq” deydigan, nimaga deydigan savolni berishdan qo’rqadigan jamiyatmizku haliham.…
1,4500013
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

25. Aug. 2026, 20:25

Photo1/2
Ustozimiz bizni urardi, mana odam bo’ldikku deydiganlar, sizlar jamiyat istagan odam bo’ldingizlar, o’zingiz istagan inson bo’lmadingiz.

@sardorsodikov
1,5800034
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

23. Aug. 2026, 00:32

Ko’plab tadqiqotlarga ko’ra, hozirgi yoshlar bir yilda 2000~3000 soat 😳 vaqtini ekran (smartfon/kompyuter) qarshisida o’tkazmoqda ekan.

Bu qanchalik daxshatli katta raqam ekanligini 1 yilda qilinadigan boshqa ishlar bilan taqqoslasak:
1200~1500 soat vaqt maktabda o’tadi.
300~400 soat vaqti 1 ta fandan repetitorda o’tadi.

2000~3000 soat unumli o’tkazilganda, 1 yilda nimalarga ulgurish mumkin:
SPORT: eng boshlang’ich darajadan nafaqat havaskorlikkacha, shuningdek yarim professional darajadagi sportchiga aylanish mumkin (O’zbekiston chempioni bo’la olish mumkin sodda aytsak)
XORIJIY TIL: 0 dan boshlab → C1 (Advanced) darajaga chiqib, IELTS 7,0 natijani kafolatlash mumkin.
CHOLG’U: Bir asbobda murakkab kompozitsiyalarni ham chiqarib bera olish imkoniyatiga ega bo’lish.
DINIY BILIM: 2000 soatda 15-25 pora, 3000 soat bilan esa to’liq 30 porani yodlab, xatm qilishga imkon berar ekan.

@sardorsodikov
1,3100041
Sardor Sodikov - Blog logo
Sardor Sodikov - Blog

18. Aug. 2026, 20:24

Hurmatli ota-onalar!

Mayli o’sha orzuyingizdagi uyni 5-6 yildan keyin olarsiz, mayli o’sha to’y-hashamni kamtarroq qilarsiz, mayli mashinangizni yangisiga keyinroq almashtirarsiz, mayli o’sha sayohatga 2-3 yildan keyin borarsiz, ammo farzandingiz ta’limi va tarbiyasini kechiktirmang!

Kechikkan tarbiyani, o’z vaqtida olinmagan ta’limni o’rnini to’ldirish mushkuldir…

@sardorsodikov
6,4800068

Showing 30 of 44 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

Worum geht es im Telegram-Kanal Sardor Sodikov - Blog?+

Sardor Sodikov - Blog (@sardorsodikov) ist ein Telegram-Kanal in der Kategorie IPL auf tgdio. Ranking, Bewertungen, Reviews und aktuelle Posts helfen vor dem Abonnieren. Aktuell etwa 727 Abonnenten auf tgdio.

Wie trete ich Sardor Sodikov - Blog (@sardorsodikov) auf Telegram bei?+

Öffnen Sie das Profil auf tgdio und nutzen Sie Join / Open in Telegram, um @sardorsodikov kostenlos zu abonnieren.

Ist Sardor Sodikov - Blog ein guter IPL-Kanal?+

Auf tgdio können Sie Bewertung, Reviews, Ranking und Posts von Sardor Sodikov - Blog prüfen. Aktuell etwa 727 Abonnenten auf tgdio. Vergleichen Sie mit ähnlichen IPL-Kanälen.

Wo sehe ich Stats und Beiträge von Sardor Sodikov - Blog?+

Auf tgdio öffnen Sie @sardorsodikov für Abonnenten-Stats, Ranking, Bewertungen und Posts. Stats zeigt Wachstum.