
AIBA (AI Business Assistant) startapi taniqli tadbirkor Umidjon Ishmuhammedovdan $200 ming miqdorida pre-seed roundida $2 millon baholanish bilan investitsiya jalb qildi.
Avvalroq AIBA asoschisi Murodxo‘ja Muratov https://t.me/aloqaventures tomonidan tashkil qilingan “Zo‘r TV” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvida investorlar oldida pitch taqdim etib, Umidjon Ishmuxamedov bilan $200 ming investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Yaqinda mazkur kelishuv bo‘yicha rasmiy hujjatlar imzolandi va bitim rasman yopildi.
AI Business Assistant - O‘zbekiston kichik va o‘rta biznesi segmenti hamda YaTT'lar uchun mo‘ljallangan, yagona mobil ilovada banklar, hujjatlar va moliyaviy ko‘rsatkichlarni birlashtiruvchi AI platforma. U avtomatik soliq hisobotlari va real vaqt rejimidagi analitika orqali biznes egalariga korxonada shaffof moliyaviy boshqaruv o‘rnatish imkonini beradi.
Asosiy modullar:
• Elektron hujjatlar almashinuv tizimi
• Multi-bank hisoblari va to‘lovlar boshqaruvi
• Real vaqtdagi moliyaviy ko‘rsatkichlar paneli
• Avtomatik soliq hisobotini shakllantirish
• YaTTlar uchun maxsus funksional
• Uchrashuv va tadbirlarni boshqarish
Hoziroq mobil ilovani yuklab olib, menejmentning yangi bosqichini kashf eting. 👇
🍏 https://apps.apple.com/uz/app/ai-business-assistant/id6753757955| ▶️ https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.aiba.app
🌐 https://aiba.uz/









