1/14📅 2026-yil 19-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida “Ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotning hal qiluvchi omili” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar Angren fakulteti “Umumiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Xasanov tomonidan Turkiya Respublikasidagi Rajab Tayyib Erdo‘g‘an universitetida malaka oshirish davomida o‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni professor-o‘qituvchilar bilan o‘rtoqlashish maqsadida o‘tkazildi.
Seminar davomida zamonaviy pedagogik metodlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari, interaktiv mashg‘ulotlar orqali talabalar faolligini oshirish hamda xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoq: t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti









