
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqand Jahon sammiti: bolalar kelajagi uchun muhim xalqaro muloqot
Samarqandda davom etayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida yuqori darajadagi yalpi sessiyalar o‘tkazilmoqda.
Davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi ekspertlar bolalarga investitsiyalarni kengaytirish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, bolalarni himoya qilish, erta rivojlanish va inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qilmoqda.
Sessiyalarda asosiy e’tibor xalqaro tajribani amaliy yechimlarga aylantirish, bolalar manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat siyosatini takomillashtirish va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilmoqda.
Samarqanddagi xalqaro muloqotning bosh g‘oyasi — har bir bolaning farovon kelajagi uchun bugundan investitsiya kiritish.
🎬 Sammitning yalpi sessiyalaridan videolavha.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren










