1/1819-oktabr kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.
Ma'lumki, talabalarning yozma ishlarida ko‘chirmachilik (plagiat) hamda sun’iy intellekt (AI) ishtirokini aniqlash maqsadida universitetimiz tomonidan "StrikePlagiarism.com" tizimiga 1 yillik obuna xarid qilingan.
Seminar davomida ishtirokchilarga quyidagi masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi:
— Tizimning asosiy funksiyalari va imkoniyatlari;
— Hujjatlarni yuklash va tekshirish tartibi;
— Tekshiruv natijalarini to'g'ri tahlil qilish usullari.
Mazkur tizimning amaliyotga joriy etilishi ta'lim jarayonida akademik halollikni ta'minlash, shaffoflikni oshirish va ilmiy ishlar sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
JDU Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site











