#Anons
⚡️ O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida “Turk kino kunlari” o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 24–29-sentabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekiston–Turkiya madaniyat va san’at uchrashuvlari – Turk kino kunlari” madaniy tadbirlari o‘tkaziladi.
"Turk kino kunlari” tadbirlarning tantanali ochilish marosimi 25-sentabr kuni soat 18-30da bo‘lib o‘tadi. Unda taniqli turk aktyorlari Engin Altan Düzyatan, Özge Gürel, Serkan Çayoğlu, Deniz Barut va Emre Karayel ishtirok etib, o‘zbek tomoshabinlari bilan uchrashadilar.
“Turk kino kunlari” doirasida turk kinematografiyasining sara filmlari namoyish etiladi.
Filmlar namoyishi dasturi:
25-sentabr, soat 19:00 — “Ajdodlar sadosi”;
26-sentabr, soat 19:00 — “Kesilgan daraxtdek”;
27-sentabr, soat 19:00 — “Baxtlimizmi?”;
28-sentabr, soat 19:00 — “Qara, pochtachi kelyapti”;
29-sentabr, soat 19:00 — “Izquvar Reptir”.
📍 Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyi. Barcha kino ixlosmandlarini 25–29-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Turk kino kunlari”ga taklif etamiz.
👉 Barcha filmlar namoyishi bepul. Kinoga tashrif buyurish uchun joyingizni avvaldan
iTicket.uz orqali band qiling
✅Milliy kino san'ati saroyi Axborot xizmati
🌐
Web-site |✅
Telegram |✅
Instagram|✅
Facebook