#hamkorlik #telc
Profi Deutsch va telc o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
🔺Bugun nemis tilini o‘qitish, xalqaro sertifikatlashtirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish hamda O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv va ixtisoslashtirilgan adabiyotlar bilan ta’minlash yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔺telc gGmbH rahbari Yürgen Keicher va Profi Deutsch nemis tilini o‘qitish va imtihon markazi rahbari Kamoliddin Bediev o‘rtasidagi uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔺Profi Deutsch jamoasi telc vakillariga, xususan, Bruno Carlesso, Gabriele Hoff-Nabhani va Winfried Ellwangerga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak, o‘zaro ishonch va samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi.
🔺Ochiq muloqot, tajriba almashish va umumiy maqsadlar yo‘lida birgalikda harakat qilish hamkorligimizning muhim asosidir.
Kelgusida ham hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish sifatini oshirish, xalqaro sertifikatlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish yo‘lida birgalikda ishlashdan mamnunmiz.
📱 Telegram 📱
Instagram📱
Facebook 📱
You Tube