Shahnoza Soatova blogi Telegram channel photo

Shahnoza Soatova blogi

@shahnozxonPublic Channel

Ki har ne olami sug‘roda mavjud, Bori ul olami kubroda mavjud. (Alisher Navoiy) Murojaat uchun: @shahnozchatbot

1.4k

Last views

4.8k (4,798 subscribers)
Members
—
Rating
40
Total Posts
Oct 16, 2026, 5:46 PM
Updated
Apr 19, 2026
Created
Stats

Sie sehen Inhalte auf Deutsch. Um Inhalte in anderen Sprachen zu sehen, ändern Sie die Sprache der Website.

Channel Information

Channel Information
Channel NameShahnoza Soatova blogi
Username@shahnozxon
CategoryPinay Inhalte
LanguageDeutsch
CountryDeutschland
Members4,798
Channel TypePublic Channel
Created19. Apr. 2026
Last Updated16. Okt. 2026 • vor 5 Tagen
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#145479+389
Language Ranking
#2439+3
Category Ranking
#1471-1

Participant Growth

Total: 4.8K30 Days growth: +300.6%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20264,768
18:09:20264,768
19:09:20264,757
20:09:20264,757
21:09:20264,757
22:09:20264,757
23:09:20264,757
24:09:20264,757
25:09:20264,757
26:09:20264,757
27:09:20264,757
28:09:20264,757
29:09:20264,757
30:09:20264,757
01:10:20264,757
02:10:20264,757
03:10:20264,757
04:10:20264,757
05:10:20264,757
06:10:20264,757
07:10:20264,757
08:10:20264,757
09:10:20264,757
10:10:20264,757
11:10:20264,757
12:10:20264,757
13:10:20264,757
14:10:20264,757
15:10:20264,757
16:10:20264,798
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20264,967
Week of 20:04:20264,967
Week of 27:04:20264,967
Week of 04:05:20264,932
Week of 11:05:20264,932
Week of 18:05:20264,932
Week of 25:05:20264,932
Week of 01:06:20264,932
Week of 08:06:20264,932
Week of 15:06:20264,932
Week of 22:06:20264,932
Week of 29:06:20264,932
Week of 06:07:20264,868
Week of 13:07:20264,868
Week of 20:07:20264,868
Week of 27:07:20264,868
Week of 03:08:20264,868
Week of 10:08:20264,868
Week of 17:08:20264,804
Week of 24:08:20264,804
Week of 31:08:20264,784
Week of 07:09:20264,768
Week of 14:09:20264,757
Week of 21:09:20264,757
Week of 28:09:20264,757
Week of 05:10:20264,757
Week of 12:10:20264,798
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
April 20264,967
May 20264,932
June 20264,932
July 20264,868
August 20264,784
September 20264,757
October 20264,798
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
20264,798

Latest Posts

Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

17. Okt. 2026, 11:41

Video
Yuridik universitetning Yangi Toshkentda qurilishi boshlanayotgan binosi haqida.

Bugun binoga ramziy ‘birinchi g’isht” qo’yiladi.

@shahnozxon
1,3900014
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

15. Okt. 2026, 23:14

Photo1/4
To‘g‘ri e‘tiroz. Men doim ta'kidlab kelamanki, ayollarni yig‘ilishlar, tadbirlar, safarlar, delegatsiyalar, targ‘ibot maneriallariga qo‘shinglar deb. Bu so‘zsiz gapiradigan va tashkilot qadriyatlari haqida muhim ma'lumot beradigan omil. Agar jamoada ayollar…
1,010004
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

15. Okt. 2026, 14:31

To‘g‘ri e‘tiroz. Men doim ta'kidlab kelamanki, ayollarni yig‘ilishlar, tadbirlar, safarlar, delegatsiyalar, targ‘ibot maneriallariga qo‘shinglar deb. Bu so‘zsiz gapiradigan va tashkilot qadriyatlari haqida muhim ma'lumot beradigan omil.

Agar jamoada ayollar yo‘q bo‘lsa, demak, buning sabablari chuqurroqda, uni hal qilish kerak. Lekin ko‘pincha jamoada ayollar bor bo‘sa ham, ularni oldinroqqa o‘tkazish haqida o‘ylanmaydi, bu muhim hisoblamaydi. Aslida juda muhim. Kamida imij uchun, aslida esa faoliyat va natijaning sifati uchun.


@shahnozxon

Telegram

Kainbek

VIEW CHANNEL
1,030009
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

15. Okt. 2026, 13:23

"Hadeb blogerlar o‘zlaring yig‘ilib podkast qilaverasizlarmi, bizni kim eshitadi?" deyishibdi chog‘i, matbuot kotiblari ham o‘zlarining podkastini boshlashibdi. Nomi ham o‘ziga xos – "Bizdan eshiting" ekan.

Birinchi mavzu – kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik. Podkast mehmonlari – Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "Hududiy elektr tarmoqlari" tashkilotining axborot xizmati xodimlari. O‘rtada moderator Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Hayotjon Klichev.

Axborot maydonida yangi "qutblar jangi" boshlanmoqchi shekilli :)

Hay, ularni ham eshitaylik.

Podkastga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=Bu3ptfVv5vQ

@shahnozxon
Video Thumbnail
9010020
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

14. Okt. 2026, 10:40

Video
So‘nggi vaqtlarda biznes qonunchiligida Jamoatchilik kengashining o‘rni sezilarli darajada oshyapti. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, endi biznesga tegishli har qanday normativ-huquqiy hujjat loyihasi Adliya vazirligi ekspertizasidan o‘tishidan avval, albatta, Prezident huzuridagi Jamoatchilik kengashida muhokama qilinishi shart. Bu shunchaki rasmiyatchilik emas, balki amalda ishlaydigan muhim filtr.

Kengashning navbatdagi yig‘ilishida soliq, muammoli kreditlar va garov masalalariga oid 11 ta muhim hujjat ko‘rib chiqilgan. Bildirilgan e’tirozlar shunchaki inobatga olinib qolmay, loyihalar qayta ko‘rib chiqishga yuborilgan.

Demak, tadbirkorning ovozi loyiha bosqichidayoq eshitilyapti, qoidalar ularning o‘zi bilan teng muloqotda shakllanyapti.

Jamiyat va biznes manfaati kesishgan joyda ochiq muloqot ustuvor bo‘lsa, natija ham shunga yarasha puxta va adolatli bo‘ladi.
825001
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

13. Okt. 2026, 23:20

Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqilyapti

Qish yaqinlashganda har bir oila uchun kommunal to‘lovlar muhim masalaga aylanadi. Jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan hujjat loyihalarida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator choralar nazarda tutilyapti.

Loyihaga ko‘ra, noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Yordamni Ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan birga reyestrga kirmagan, lekin har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan oylik daromadi MIXning 2 baravarigacha bo‘lgan oilalar ham olishi mumkin.

Toshkentda markazlashgan isitishga ulangan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar uchun bu mezon MIXning 3 baravari.

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolar, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar ham yordam oladi.

Qo‘shimcha ro‘yxat tuzishda boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironligi bo‘lgan farzandini parvarishlayotganlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, elektr va tabiiy gaz bo‘yicha kompensatsiya olish uchun daromad mezonini MIXning 1,5 baravaridan 2 baravarigacha kengaytirish taklif etilmoqda.

Loyihalarda, shu bilan birga, 1-noyabrdan isitish va issiq suv xizmatlariga yangi tariflar joriy etish taklif etilgan.

@shahnozxon
803005
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

13. Okt. 2026, 15:03

Photo1/2
Технологиялар ўзгарар экан, уларнинг атрофидаги қоидалар ҳам ўзгаради

30 сентябрь куни Тошкентда Technovation халқаро конференцияси бўлиб ўтди. Унда давлат органлари, бизнес вакиллари, шифокорлар ва халқаро экспертлар бир майдонда жамланди.

Конференцияда янги маҳсулотлар пайдо бўлиши билан уларни тартибга солиш, аҳолига тўғри маълумот бериш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш масалалари муҳокама қилинди.

Хусусан, инвестициялар ва инновацион трансформация, тартибга солиш бўйича халқаро тажриба, илмий тадқиқотлар ва истеъмолчилар ҳуқуқларига бағишланган сессиялар ўтказилди. Ўзбекистон, Россия, Тожикистон ва Қозоғистондан келган шифокорлар ҳамда олимлар соғлиқ учун хавфларни камайтириш масалаларига илмий ёндашувлар бўйича фикр алмашди.

Энг муҳими, бундай жараёнларда фақат бизнес манфаатларининг ўзи етарли эмас. Бунда бир вақтнинг ўзида илм-фан, давлат ва истеъмолчилар манфаатлари ҳам инобатга олиниши керак.

@shahnozxon
854003
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

12. Okt. 2026, 19:19

Photo1/2
ДАШНОМ

Самарқандга Мистер Бист келгандаги бемаъни ҳолат ўзини билган ҳаммани хавотирга солди.

Бу қандай шовқиндир, қандай тўполон,
Не-не улуғларнинг хоки ёнида...
Ҳушини йўқотиб қўпар оломон
Илму маърифатнинг Регистонида.

Ўпкангни қўлтиқлаб қайга чопасан
Кўзлаган манзилинг қай сомонхона?
Боболаринг қолиб, кимни топасан,
Наҳотки, муродинг – оломонхона?

Етти ёт ажнабий муршидинг бўлса,
Миллат пирларига кўз солармидинг?
Мабодо, Навоий тирилиб келса,
Ўтирган ўрнингдан қўзғолармидинг?

Улуғбек қўлингга бир китоб тутса,
Шундай тошармидинг айқирган сойдек?
Салом берармидинг кўчангдан ўтса,
Ўзбекнинг ҳасрати – ҳазрати Ойбек?

Қўрчоққа топинган бутпараст мисол
Мунча хор турасан, мутеъ, жодубанд.
Нега сезмаяпсан, ортингда алҳол,
Бош чайқаб турибди буюк Самарқанд.

12.10.26

✍️ Эшқобил ШУКУР

@Eshqobil_Shukur_ijodi
9130042
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

10. Okt. 2026, 16:54

Photo1/2
“Tatar qizi” degan xalqaro tanlov bor ekan. Har yili o‘tar ekan. Bu yil shu tanlov Turkmanistonning “Avaza” kompleksida kuni kecha bo‘lib o‘tibdi. Unda o‘zbekistonlik Amina Mahmudova g‘olib bo‘libdi va Zeekr avtomobili bilan taqdirlanibdi. Barakalla, Amina. Tabriklaymiz!🔥👏

Menga g‘oyaning o‘zi yoqdi. Butun dunyodagi o‘zbek yigit-qizlari qatnasha oladigan “O‘zbek o‘g‘loni” va “O‘zbek qizi” degan xalqaro tanlovlar har yili o‘tkazilsa qalay bo‘larkin? Qandday bo‘ladi! Butun dunyoga o‘zbek an’analari va qadriyatlarini tanitish uchun juda mos maydoncha bo‘lar edi-da.

@shahnozxon
1,3100034
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

09. Okt. 2026, 22:44

Video
Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning ta’lim va ilm-fan haqida bundan bir necha oy avval bildirgan fikrlari. Ayniqsa, puldor tadbirkorlarni maktab qurishga chaqirgani yoqdi.

Sohaga yaxshi boshqaruvchi, siyosiy vazni katta inson kelgani ta'limda jiddiy ijobiy o‘zgarishlarga umidni oshiradi. Erkinjon Oqbo‘tayevichga yangi lavozimda ham kuch-quvvat, mustahkam sog‘lik va omad tilaymiz!

@shahnozxon
1,6800024
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

08. Okt. 2026, 18:13

Photo1/2
Adabiyot bo‘yicha 2026-yilgi Nobel mukofotiga ayol yozuvchi sazovor bo'ldi.

Kanadalik Enn Karson “klassik an’analar bilan o‘ynoqi muloqot orqali zamonaviy adabiyotning yangi shakllarini yaratgan dadil va kashfiyotlarga boy ijodi uchun” ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan.

2017-yildan beri adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bir yil erkakka, bir yil ayolga nasib etib kelmoqda.

O‘tgan yili mukofotni vengriyalik Laslo Krasnaxorkai (erkak) olgan edi. Bu yil esa ayol kishiga nasib qilibdi.

Gender tenglik uchunmikan bu yoki shunchaki tasodif?

@shahnozxon
1,5800010
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

08. Okt. 2026, 11:35

Photo1/18
Ҳадича Сулаймонова номидаги Республика суд экспертиза маркази 75 ёшга тўлди.

Ўзбекистонда суд экспертиза илмининг 75 йиллик тарихи бор.

1951 йил 1 июнда Тошкентда кичик криминалистика лабораторияси иш бошлаган. Унинг дастлабки вазифаларидан бири қўлёзмаларни, имзоларни ва ҳужжатларни тадқиқ этиш эди.

Бу лабораториянинг ташкил этилишида ўзбек ҳуқуқшунослиги тарихида алоҳида ўрин тутган аёл — Ҳадича Сулаймонованинг роли катта эди.

1958 йилда унинг ташаббуси билан лаборатория Марказий Осиёдаги биринчи ихтисослашган суд экспертизаси илмий-тадқиқот институтига айлантирилган.

Бу билан одил судловда фақат кўрсатма ва иқрорга эмас, илмий текширилган далилларга ҳам таяниш маданиятининг институционал асоси яратилди.

Орадан 75 йил ўтиб бугун
Марказда фонографик экспертиза овоз ёзувларини, генетик экспертиза биологик намуналарни, техник экспертизалар эса ёнғин ва электр ускуналари билан боғлиқ ҳолатларни илмий усулларда текшириш имконини беради. Юзлаб турдаги экспертизалар ўтказилади.

Муассаса нафақат одил судлов соҳасида, балки инсонларнинг кундалик ҳаёт сифатига таъсир қилувчи масалаларда ҳам тадқиқотлар қилади. Ҳозир истеъмол маҳсулотлари таркибида ГМО мавжудлигини ва ичимлик сувининг таркибини аниқлашга қаратилган лабораториялар ҳам иш бошламоқда.

2026 йилда Ҳиндистоннинг криминалистика соҳасидаги илмий муассасаси иштирокида Рақамли суд экспертиза ва тадқиқот маркази ишга туширилди. Энди рақамли далиллар, замонавий технологиялар ва сунъий интеллект ҳам тадқиқ этилмоқда.

Бугун Тошкентда ўндан ортиқ хорижий мамлакатлар суд экспертиза муассасалари ва экспертлар ҳамда ўзбекистонлик соҳа ходимлари иштирокида халқаро анжуман бўляпти.

Ҳадича Сулаймонова номидаги Республика суд экспертиза марказининг 75 йиллиги билан соҳа ходимларини табриклайман! Сизларга инсонлар ва жамият тақдирига таъсир этувчи муҳим фаолиятингизда муваффақият тилайман.

@shahnozxon
1,8200011
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

Photo
Davlat maslahatchilari, elchiyu vazirlar ishtirokida adabiy forum bo’lyapti.

Yozuvchilar uyushmasida “Turkiy adabiyotning ma’naviy merosi: adabiyot — davrlar va avlodlar muloqoti” nomli O‘zbekiston — Qozog‘iston yozuvchilar forumi bo‘lyapti.

Hamma kazo-kazolar shu yerda.

Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qozog‘iston tomonidan prezident maslahatchisi Malik Otarbayev, favqulodda va muxtor elchi Erali Tug‘janov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Merkeke Qulkenovlar ishtirok etmoqda. Tadbirni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Said ochib berdi.

Xalq shoiru shoiralari, eng yetakchi adabiyotshunos olimlar ishtirok etmoqda.

Malik Otaboyev Qozog’iston prezidenti Qosim Jo’mart To’qayevning forum ishtirokchilariga tabrigini o’qib eshittirdi.

Tadbir o’zbek va qozoq tillarida bo’lyapti. Bir-birimizni tarjimonsiz tushunyapmiz.

Yana qiziq gaplar chiqishi bilan yozib boraman.
590005
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

Photo
Ахборот технологиялари ривожланиб, кўп "миф"лар тумтарақай бўлиб кетди.

Лекин бир замонлар роса ишонардик эй шуларга. Мен 16-17 ёшларимда фантастик асарлар кўп ўқиганман: Айзек Азимов, Кир Буличев, Рей Бредбери... Яна телевизордан ҳам фантастик кинолар бериб туриларди, деярли ҳаммасида космос, ўзга сайёралар мавзуси. Бола онгим тасаввурлари эшиклари очилиб турганида "Сирли олам" деган журнал қўлимга тушиб қолди. Унда тасаввуримдаги нарсалар гўёки илмий изоҳлаб берилгандек эди. Турли гипотезалар чиқарди. Хуллас, ўзга сайёраликлар мени ўғирлаб кетишига деярли ишониб, кечаси ҳовлига чиқишга қўрқиб қолган эдим😂

Яқинда бир танишим "Сирли олам" унинг дунёқарашига жиддий таъсир қилгани, ҳамон эзотерика ва шунга ўхшаш назарияларга ишонишини тан олди. Менда-ку у босқич ўтиб кетган аллақачон. Ўзга сайёраликлар йўқ деб ўйлайман.

Ёки бормикан?))

Саволни қаранг, бекарчиманми-е)))

Бугундан мактаб бошланди, қизимни мактабига ташлаб ишга эртачи кевалган мен шунақа нарсалар ҳақида хаёл суриб бир соатни ўтказдим😜
6590012
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

Qirg’izistonda VI Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlari ochilish marosimi yangi qurilgan Bishkek Arena majmuasida bo’ldi.

31 avgust — 6-sentabr kunlari bo’ladigan musobaqalarga jami 100 mamlakatdan 3 mingga yaqin sportchi ko’pkari, ov sporti, ot poygalari, kurash, aqliy sport turlari kabi 43 yo’nalishda bahslashadi. Albatta, biz o’zbekistonlik sportchilarimizga muxlislik qilamiz.

Ochilishini katta masshtabli shou qilishibdi — qoyil qilishibdi. Haqiqiy jangovar, ishtiyoqli, olovalb ko’chmanchilik madaniyati ulug’lab ko’rsatilgan yuqoritexnoligiyali tantana! Bomba💥🔥

Bu yerda to’liq ko’rish mumkin:

https://youtu.be/HtJLTZsyU5o?si=D1TsO_kD1UVCVOsO
Video Thumbnail
731006
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

Эрксизликнинг оғриқли чегаралари: йиллар давомида чегарага тикилган кўзлар дарди

Дунёдаги энг катта фожиа бу эрксизлик, у қандай кўринишда бўлмасин, оғриқ беради. Маънавият ва маърифат марказининг “Фонус” лойиҳаси доирасида суратга олинган “Чегара” қисқа метражли фильми премьераси айнан шу оғриқли мавзуга бағишланган.

Йиллар давомида ёпиқ турган чегаралар, инсон ҳуқуқларининг чекланиши оддий фуқаролар ҳаётини қандай остун-устун қилгани, айрилиқ ва иложсизликлар фильмда таъсирли очиб берилган.

Бугун ўзгаришлар ва очиқлик қадрига етишимиз кераклигини бу каби асарлар яна бир бор эслатади.

Томоша қилиш учун https://youtu.be/266e3iOmfRs.
Video Thumbnail
721005
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

Photo
Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin, aziz yurtdoshlar!

Bu chin ma’noda hammamamiz uchun qadrli va ulug’ bayram. U bir necha avlod ota-bobolarimizning orzusidir.

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin. Yurtimiz tinch bo’lsin.
714009
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

“Biyigul” fojiasi

Kecha Mustaqillik bayrami tantanasida yangragan Shomurod baxshining “Biyigul” termasi dahshatli fojia turtkisi bilan yaralganini bilasizmi?

Terma muallifi Shomurod baxshining otasi Tog‘ay baxshi 1932-yilda Sibirga surgun qilinadi. Baxshining onasi 6 farzandi bilan erining ketidan poyezdga chiqib, Novosibirskkacha boradi. Shunda Shomurod ona qo‘lida 7 oylik chaqaloq edi.

Qaqshatqich iqlimga issiq o‘lkadan birdan borib qolgan och-yupun vujudlar dosh berolmaydi. Novosibirskda −42 daraja sovuqda onasi vafot etadi. Shomurod baxshi 9 oylik chaqaloq — onadan yetim qoladi. Otasi lagerda, bolalar esa “detdom”larga tarqatib yuboriladi.

U yerda Shomurodga Tumanov Aleksandr deb nom berishadi. Tili ruscha chiqadi. Onasi bilan birga sho‘rlik ona tilidan ham ayrilgan edi. 😢😢😢

Shomurodning otasi Tog‘ay baxshi urush payti jangga borib, qahramonlik ko‘rsatadi. 1945-yili ota urushdan qaytgach, oilasi bilan ko‘rishishga ruxsat beriladi. 1948-yilda Tog‘ay shoir oqlanadi va oila bir yerga jamlanadi. Shomurod Vatanga qaytadi.

Va 17 yoshida ona tilini o‘rgana boshlaydi.

17 yoshida o‘zbek tilini, yana qipchoq shevasida o‘rgangan tug‘ma shoir shunaqangi go‘zal termalar yaratadi, dostonlar aytadiki, hamma lol. “Go‘ro‘g‘li”, “Ravshanxon” turkumlariga yangi jilo, hayot beradi. “Biyigul”, “Guldana” kabi go‘zal termalar ijod qiladi.

Baxshichilik, bilasiz, asosan improvizatsiya bilan yaraladi. Deyarli voyaga yetganida o‘rgangan tilida bunday go‘zal san’at asarlari yaratish — bu fenomen! O‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod Tog‘ayev ana shunday benazir daho edi, rahmatlik.

Endi bevosita “Biyigul” termasiga qaytsak. Asarda bir nechta qiziq so‘z va obrazlar bor. Masalan:

Jigit o‘lgur Mekkam chol,
Retibamni sindirding.
Otam olib berib edi,
Nasibamdan ayirding —

deyiladi.

“Retiba” nima?

Shoir G‘ulom Mirzo bu so‘zni arabcha rutba — martaba so‘zi bilan o‘zakdosh bo‘lib, “manzil” (Vatan), “nom”, “rizq” ma’nolarini anglatishini https://share.google/Ieu3Pdy9YrOAnRUF1. Demak, shoir “Vatanimdan va nomimdan ayirding”, “rizqimni yurtimdan uzding” demoqda.

Mekkam chol kim?

Ayrimlar shoirning otasi Tog‘ay baxshini sovet ma’murlariga chaqib, tuhmat qilib, nohaq jazolanishiga sabab bo‘lgan insonning ismi Mahkam bo‘lgan, baxshi shu odamni Mekkam deb shevada aytyapti, deyishadi.

Shoir G‘ulom Mirzo esa boshqa talqinni beradi. Makkam — mahkam, ya’ni po‘lat (stal) so‘ziga ishoradir, deydi. Ya’ni “Mekkam chol” deya baxshi Stalinni qarg‘aydi:

Jigit o‘lgur Mekkam chol,
Jashamagur Mekkam chol,
Ko‘klamagin Mekkam chol…

Bu millionlab qatag‘on qurbonlarining dili va tilidagi qarg‘ish edi. Tug‘ma shoir Shomurod baxshi yurt-el dilidagi dardni, xalqning hasrati va fojiasini ta’sirli kuylab, hammani yig‘latdi.

Bugun, 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni. “Biyigul” — qatag‘on qurboni haqidagi shoh asar. Biyigul deb shoir o‘z onasi haqida kuylaydi. Asarda qatag‘onning eng katta qurboni - ona.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1930–40-yillar oralig‘ida SSSRda 4 milliondan ortiq odam hibsga olingan. Eng avjiga chiqqan Katta terror davrida (1937–38-yillar) 1,5 million inson hibs qilindi. Qariyb 700 mingi otib tashlandi. Bu kuniga 900–1000 kishi otilganini anglatadi.

Qatag‘on yillari O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq kishi hibsga olingan, 37 mingdan ortiq kishi hukm qilinib, qamoq va lagerlarga jo‘natilgan, qariyb 7 ming kishi otib tashlangan (1937–38-yillar atrofidagi Katta terror davrida — atigi bir necha yil ichida!)

Keling, bugun ular haqiga, ular qatori Shomurod baxshining Sibir qahratonida, balki o‘zi yemay, o‘zi kiymay, nonu issiq kiyimini farzandlariga ilinib, shahid bo‘lgan onasi Tojihol Shukurova haqqiga duo qilaylik.

Joylari jannatda bo‘lsin.

“Biyigul” to’liq versiyasi bu yerda:

https://youtu.be/mvt5Y3y7Bxs?si=Z_3sadGQEuMldmIM
Video Thumbnail
6,8900039
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

Саройда фитна кўп

Ҳар доим шундай бўлган.

Лекин негадир сиёсат, кураш, ғалаба деганда ҳукмдорлар, фитна, ўйинлар ва мағлубият деса, маликалар эсга келади.

Бу стереотиплар, албатта. Лекин муҳим саволлар бор.

Аёллар сиёсатга ва салтанат ишларига нимага аралашган? Уларнинг ҳокимият учун курашишига нима туртки бўлган? Ғалаба ва мағлубияти эвазига нималар қурбон берилган? Мағлуб сулола аёлларининг кейинги тақдири нима бўлган?

"Ҳошия" подкастимизда журналист Инобат Ахатова иков  тарихчи олималар Феруза Жуманиёзова ва Ҳилола Назирова билан  сарой фитналари ва унда аёлларнинг иштироки ҳақида гаплашдик. Қизиқ суҳбат бўлди. Дам олиш кунлари мазза қилиб кўрворадиган вақти.

Ҳавола бу ерда:

https://youtu.be/5MzxOJkutLg
Video Thumbnail
1,9200015
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

Бу йилги Мустақиллик байрами сценарийси мутлақо ўзгача бўлибдие. Ўта чиройли, ўзгача. Мазмунли
1,2900012
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

Photo
Bayramni ko’ryapman.

Tarix qismi juda ta’sirlantirdi. Boplashibdi, ofarin!

Mutaxassislar bilgan qonli sahifalarni ommaga ham ko’rsatish lozim. “Bir tiyinlik gugurt”ning asl narxi qanchalik qimmat bo’lganini bildirish kerak!

Mustaqillik osmondan tushmagan. Buning uchun ko’p narsani qurbon qilganmiz. Buni unutmasligimiz kerak. Buni mana shunday ta’sirli tarzda eslatib turishimiz lozim.

Namoyish rejissyorlari maydonda tomoshabinlar yig’lashayotganini ko’rsatishdi. Biz ham televizorda yig’lab ko’rdik. 😢😢😢

Tashkilotchilarga rahmat🙏
1,4200018
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

05. Sept. 2026, 09:33

Photo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Ukraina mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. 👍👏

Mustaqilligingiz mangu bo‘lsin, ukrainalik do‘stlar!

https://t.me/shahnozxn
1,7800023
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

27. Apr. 2026, 15:23

Photo
ЖССТ раҳбари: "Зироат Мирзиёева — болалар онкологиясига қарши курашда ҳақиқий етакчи"

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Гебрейесус Ўзбекистон Биринчи хонимининг инсонпарварлик миссиясини юқори баҳолади. У ўз постида шундай ёзади: "Зироат Мирзиёева билан болалар саратонига қарши кураш ва соғлиқни сақлашдаги тенгликни таъминлаш борасидаги саъй-ҳаракатларни муҳокама қилганимдан мамнунман".

Доктор Тедроснинг https://x.com/DrTedros/status/2046849307475628417 кўра, Зироат Маҳмудовнанинг бу соҳадаги етакчилиги ва шахсий ташаббуслари кўплаб болалар ҳаётини сақлаб қолишда муҳим пойдевор бўлиб хизмат қилмоқда. Халқаро ҳамжамият Ўзбекистоннинг бу борадаги тажрибасини диққат билан кузатмоқда.

https://x.com/DrTedros/status/2046849307475628417
844007
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

27. Apr. 2026, 15:23

Соат масаласида

Исроф
Ўзи бор-йўғи вақтни кўрсатиши учун сотиб олинадиган матоҳ, бунча қимматини олиш нимага керак?

Худди шундай кроссовка ҳам, барибир бир умр кийилмайди, нари борса бир неча йилгина хизмат қилади, лекин фалон пуллигини олишади, кийишади, тақишади, оммага чиқишади ва шунча савол туғдиришади. Булар оддий буюмку, барибир вақтингиз кўпроқ ёки қадамингиз тезроқ бўлмайди улар билан. Ҳеч тушунмайман-да...

Сиёсий фаросат(сизлик)
Коррупцияга қарши кураш энг юқори даражаларда айтилиб, назорат кучайтирилиб, шунча ишлар қилиняпти. Лекин бир олифталик жамиятга ёмон мессеж юборяпти. Бунинг номини сиёсий фаросат(сизлик) дейилади. Исроф оқибати шу.
Амалдорнинг ҳар бир қимматбаҳо буюми – қимматбаҳо ишонч кредитининг йўқолиши бўлади.

Одамлар бу дабдаба ниманинг ҳисобидан деб ҳақли сўрашяпти ва жавобини олишолмагач, хулоса қилишяпти. Бу хулосалар, афсуски, унутилмайди, таъсир қилади.

Қолоқлик
Бизда ҳамон мешчанлик кайфияти жуда кучли. Тўй қилса ҳам дабдаба, соат тақса ҳам – кўўўп пул сарфланган бўлиши керак, мақтаниши керак, ҳамма кўриб "ооо" дейиши керак. Карьера борасида шундай юксак чўққига чиқиб борган инсонлар яхши ишлаб зўр натижалар орқали ўзини кўрсатиши, тарих яратиши, яхши ном қолдириши мумкин – қандай имконият а? Унинг олдида бу буюмлар нима деган нарса? Аммо приоритетлар... афсуски улар ҳамон эскича.

Дунё аллақачон бошқа даражага кўтарилди, машҳурлар хайрия ишлари, қилган эҳсонлари ва ижтимоий лойиҳалари билан мақтанаётган замонда бизнинг бойлар ҳамон машинаси, данғиллама участкаси билан мақтанади. Элитамиз эса брендпарастликда илғор.

Камида 100 йил ортда қоляпмиз...
"Бизнинг жаҳолат – жаҳли мураккаб!"
3,5000044
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

27. Apr. 2026, 15:23

Video
“Буюк Шарқ Ренессанси” халқаро олимпиадаси ўтказилади.

Республика Маънавият ва маърифат маркази, Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги, Фан олимпиадалари маркази, Ташқи ишлар вазирлиги, Фанлар академияси, Тарих институти ва бошқа ҳамкор ташкилотлар томонидан ўрта таълим мактаби ўқувчилари ўртасида “Буюк Шарқ Ренессанси” халқаро олимпиадаси ўтказилади.

5–7 май кунлари Тошкентда "Буюк Шарқ Ренессанси" халқаро олимпиадаси ўтказилади.

Унда болалар:
— аждодларимиз меросини чуқур ўрганади;
— таҳлил қилиш кўникмасини ривожлантиради;
— халқаро муҳитда тажриба орттиради.

Олимпиада 2 босқичдан иборат бўлади.

1-босқич: Шарқ алломаларининг ижоди ва асарлари ҳақида билимлар синови;

2-босқич: Билет тортиш орқали танланган рақам остида яширинган тарихий обида номини топиш. Бунда қуръа ташлаш орқали 3 та тарихий обида танланади ва иштирокчилар жамоавий тарзда ушбу учта тарихий обида бўйича ёзма жавоб тайёрлашади.

Танловда 14–18 ёшли ўқувчилар жамоа бўлиб қатнашиши мумкин.

Энг яхши натижалар медаллар ва сертификатлар билан тақдирланади.

Батафсил маълумот олиш учун: https://www.gerio.uz/
1,260001
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

27. Apr. 2026, 15:23

Video
Кеча Синдоровлар оиласида ғалаба шундай нишонланди
👏👏💥🥳🥳🥳

Ватанга Жавоҳирдек ақлли, музаффар ўғлон тарбиялаб берганингиз учун раҳмат! Ҳавасдамиз!!!
1,9900058
Shahnoza Soatova blogi logo
Shahnoza Soatova blogi

27. Apr. 2026, 15:23

Бугун зўрвонликка қарши тарғибот тадбирларида қатнашдим. Бир мансабдор аёл эридан калтак ейишини айтиб берди. Ачиндим. Бечора, шунга чидаб яшаяпти болалари учун дедим. Бирпасдан сўнг шу аёл қўл остидаги бошқа аёлни қаттиқ уришди, жуда қўпол муомала қилди. Табиий, энди гап эшитган ходимга ачина бошладим. Кейин Фроммнинг "Инсон қўйми, бўрими?" деган тадқиқоти эсимга тушди. Тадқиқот охирида олим "Инсон ҳам қўй, ҳам бўри – ўрнига ва контекстга қараб", деган хулоса беради. Бугунги кўрганим бунинг исботи эди – бирпасда бир одам ҳам зўравонлик қурбони, ҳам "абюзер" сифатида гавдаланди. Ёқимсиз ҳис қолди ичимда...

Зўравонлик занжирини узинглар, унинг ҳалқасига айланиб олманглар. Биз қандай жамият қурсак, эртага болаларимиз ўша жамиятда яшайди.
2,6400021

Showing 30 of 40 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

Worum geht es im Telegram-Kanal Shahnoza Soatova blogi?+

Shahnoza Soatova blogi (@shahnozxon) ist ein Telegram-Kanal in der Kategorie Pinay Inhalte auf tgdio. Ranking, Bewertungen, Reviews und aktuelle Posts helfen vor dem Abonnieren. Aktuell etwa 4.798 Abonnenten auf tgdio.

Wie trete ich Shahnoza Soatova blogi (@shahnozxon) auf Telegram bei?+

Öffnen Sie das Profil auf tgdio und nutzen Sie Join / Open in Telegram, um @shahnozxon kostenlos zu abonnieren.

Ist Shahnoza Soatova blogi ein guter Pinay Inhalte-Kanal?+

Auf tgdio können Sie Bewertung, Reviews, Ranking und Posts von Shahnoza Soatova blogi prüfen. Aktuell etwa 4.798 Abonnenten auf tgdio. Vergleichen Sie mit ähnlichen Pinay Inhalte-Kanälen.

Wo sehe ich Stats und Beiträge von Shahnoza Soatova blogi?+

Auf tgdio öffnen Sie @shahnozxon für Abonnenten-Stats, Ranking, Bewertungen und Posts. Stats zeigt Wachstum.