Buni yozishni uzoq o‘yladim…
Mana, roppa-rosa 2 yildan so‘ng jamoamiz bilan birga yangi ofisga ko‘chyapmiz.
Umuman olganda, tabiatan ta’sirchan insonman. Qayergadir borsam yoki qandaydir loyihani boshlasam, bor imkoniyatim bilan harakat qilaman. Yoshlar Ishlari Agentligi loyihasi boʻlgan Top100 Uni ham xuddi shunday bo‘ldi.
Bu 2 yil ichida bu officeda 100 dan ortiq internlar, yuzlab mehmonlarni kutib oldik va 50 ga yaqin jamoa a’zolari bilan birga ishladik.
Shunday paytlar bo‘lganki, ishlarni tugatish uchun kechgacha ofisda qolib, divanda uxlab qolganman, keyin esa saharda uyga ketganman.
U ofis mening quvonganimni ham, yig‘laganimni ham, tug‘ilgan kunlarimni nishonlaganimni ham ko‘rdi. To‘g‘risini aytsam, u ofisni tark etish menga biroz og‘ir bo‘ldi. Hatto o‘sha joyni yana ijaraga olishni ham o‘yladik, lekin narxi bizga to‘g‘ri kelmadi.
Umuman olganda, jamoamiz ham o‘sib borayotgani uchun eski ofis bizga torlik qila boshladi. Shu sabab yangi ofisga ko‘chdik.
Yangi ofisimiz Founders Hub’da joylashgan. Mabodo shu taraflardan o‘tib qolsangiz, albatta kirib, yo‘qlab keting. Sizni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.
Bu esa bizni koʻchizimizdan
https://www.instagram.com/reel/DbdkrjboJuw/?igsh=dGluZzhmamUyeXdl, kirib koʻrsangiz boʻladi)