1/18Bugun, 20-oktabr kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida stol tennisi bo‘yicha 29-ITTF–ATTU Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimni O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Davlyatovich Kudbiyev ochib berdi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshlig‘i Odil Qalandarovich Abdurahmonov, Osiyo Stol tennisi ittifoqi prezidenti Khalil bin Ahmed Al-Mohannadi hamda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Sharipovich Mahmudov ishtirok etdilar.
Mazkur nufuzli musobaqa Osiyoning eng kuchli stol tennischilarini bir maydonda jamlab, mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yuqori natija qayd etgan sportchilar 2027-yil Qozog’iston mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga yo’llanma oladilar!
#AsianChampionships2026 #Tashkent2026











