16-oktabr kuni Bundesrat Germaniyada xorijiy tibbiyot diplomlarini tezroq tan olish haqidagi farmoyishni (Verordnung) ma’qulladi. Shu bilan 1-noyabrdan kuchga kiradigan yangi qonunning so’nggi qismi ham tasdiqlandi.
📌 Uchinchi davlatlardan, jumladan O’zbekistondan kelganlar uchun nima o’zgaradi:
Shifokor, tish shifokori va farmatsevtlar endi to’g’ridan-to’g’ri Kenntnisprüfung (bilim imtihoni) topshiradi. Endi bu asosiy yo’l hisoblanadi.
Hujjatlarni tekshirish (Gleichwertigkeitsprüfung) endi faqat ixtiyoriy. Ministrlikning hisobicha, shu tufayli tarjima, nusxa va tasdiqlash xarajatlari tejaladi.
Nemis tili bilimi kasbni tan olish imtihonidan oldin tekshirilishi mumkin.
Hujjatlar idoralar o’rtasida elektron shaklda ham yuborilishi mumkin bo’ladi.
Akusherlar (Hebammen) hujjat tekshiruvini o’tkazib yuborib, to’g’ridan-to’g’ri imtihon yoki moslashuv kursini (Anpassungslehrgang) tanlashi mumkin.
⏱️ Farmoyish loyihasida shifokorlar uchun Kenntnisprüfung 60–90 daqiqadan 90–120 daqiqagacha uzaytirilishi rejalashtirilgan. Yerlar qo’mitasi esa imtihonni ikki kunda emas, bir kunda o’tkazishni taklif qilgan. Imtihonning yakuniy tartibini o’z yeringizdagi Approbationsbehörde’dan aniqlang.
💡 Arizangiz allaqachon ko’rib chiqilayotgan bo’lsa, qaysi qoidalar sizga tegishli ekanini idoradan yozma ravishda so’rang.
🔗 Manba: bundesrat.de, aerzteblatt.de
👉 Obuna bo’ling: Germaniya Hayoti — t.me/germaniyahayoti4
















![🌊 𝐬𝐞𝐚 𝐨𝐟 𝐫𝐢𝐯𝐮𝐥𝐞𝐭 .ᐟ.ᐟ [ 𝐝𝐚𝐢𝐥𝐲 + 𝐜𝐨𝐧𝐟𝐞𝐬𝐬𝐢𝐨𝐧 ] 🐬🪷 Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/sea_of_rivulet.webp)
