Germaniya hayoti Telegram channel photo

Germaniya hayoti

@germaniyahayoti4Public Channel

🇩🇪 Bu kanal — Instagram va YouTube’dagi sahifalarimizdan FARQ QILADI! 📜 Matn ko‘rinishida, kameradan tashqaridagi haqiqatni yoritamiz. 🧠 Illusiyalarsiz, bezaklarsiz, faqat real Germaniya voqealar!

2.5k

Last views

12.2k (12,241 subscribers)
Members
—
Rating
68
Total Posts
Oct 21, 2026, 5:19 AM
Updated
Apr 2, 2026
Created
Stats

Sie sehen Inhalte auf Deutsch. Um Inhalte in anderen Sprachen zu sehen, ändern Sie die Sprache der Website.

Channel Information

Channel Information
Channel NameGermaniya hayoti
Username@germaniyahayoti4
CategoryVirale Videos
LanguageDeutsch
CountryDeutschland
Members12,241
Channel TypePublic Channel
Created2. Apr. 2026
Last Updated21. Okt. 2026 • vor 17 Stunden
StatusActive

Ranking

Global Ranking
#68577+14031
Language Ranking
#1253+225
Category Ranking
#4322+954

Participant Growth

Total: 12.2K30 Days growth: +4573.9%
09/2109/2610/0110/0610/1110/1610/20
Participant Growth - 30 Days
DateSubscribers
21:09:202611,784
22:09:202611,784
23:09:202611,784
24:09:202611,784
25:09:202611,784
26:09:202611,784
27:09:202611,784
28:09:202611,784
29:09:202611,784
30:09:202611,784
01:10:202611,784
02:10:202611,784
03:10:202611,784
04:10:202611,784
05:10:202611,784
06:10:202611,784
07:10:202611,784
08:10:202611,784
09:10:202611,784
10:10:202611,784
11:10:202611,784
12:10:202611,784
13:10:202611,977
14:10:202611,977
15:10:202611,977
16:10:202611,977
17:10:202611,977
18:10:202611,977
19:10:202611,977
20:10:202612,241
Participant Growth - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202611,922
Week of 06:04:202611,833
Week of 13:04:202611,763
Week of 20:04:202611,722
Week of 27:04:202611,722
Week of 04:05:202611,722
Week of 11:05:202611,722
Week of 18:05:202611,722
Week of 25:05:202611,722
Week of 01:06:202611,730
Week of 08:06:202611,730
Week of 15:06:202611,730
Week of 22:06:202611,743
Week of 29:06:202611,743
Week of 06:07:202611,743
Week of 13:07:202611,859
Week of 20:07:202611,859
Week of 27:07:202611,787
Week of 03:08:202611,733
Week of 10:08:202611,733
Week of 17:08:202611,676
Week of 24:08:202611,653
Week of 31:08:202611,653
Week of 07:09:202611,641
Week of 14:09:202611,784
Week of 21:09:202611,784
Week of 28:09:202611,784
Week of 05:10:202611,784
Week of 12:10:202611,977
Week of 19:10:202612,241
Participant Growth - Monthly
DateSubscribers
April 202611,722
May 202611,722
June 202611,743
July 202611,787
August 202611,653
September 202611,784
October 202612,241
Participant Growth - Yearly
DateSubscribers
202612,241

Latest Posts

Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

17. Okt. 2026, 13:47

🩺 Shifokorlar, tish shifokorlari va farmatsevtlar uchun: diplomni tan olish 1-noyabrdan o’zgaradi

16-oktabr kuni Bundesrat Germaniyada xorijiy tibbiyot diplomlarini tezroq tan olish haqidagi farmoyishni (Verordnung) ma’qulladi. Shu bilan 1-noyabrdan kuchga kiradigan yangi qonunning so’nggi qismi ham tasdiqlandi.

📌 Uchinchi davlatlardan, jumladan O’zbekistondan kelganlar uchun nima o’zgaradi:
Shifokor, tish shifokori va farmatsevtlar endi to’g’ridan-to’g’ri Kenntnisprüfung (bilim imtihoni) topshiradi. Endi bu asosiy yo’l hisoblanadi.
Hujjatlarni tekshirish (Gleichwertigkeitsprüfung) endi faqat ixtiyoriy. Ministrlikning hisobicha, shu tufayli tarjima, nusxa va tasdiqlash xarajatlari tejaladi.
Nemis tili bilimi kasbni tan olish imtihonidan oldin tekshirilishi mumkin.
Hujjatlar idoralar o’rtasida elektron shaklda ham yuborilishi mumkin bo’ladi.
Akusherlar (Hebammen) hujjat tekshiruvini o’tkazib yuborib, to’g’ridan-to’g’ri imtihon yoki moslashuv kursini (Anpassungslehrgang) tanlashi mumkin.

⏱️ Farmoyish loyihasida shifokorlar uchun Kenntnisprüfung 60–90 daqiqadan 90–120 daqiqagacha uzaytirilishi rejalashtirilgan. Yerlar qo’mitasi esa imtihonni ikki kunda emas, bir kunda o’tkazishni taklif qilgan. Imtihonning yakuniy tartibini o’z yeringizdagi Approbationsbehörde’dan aniqlang.

💡 Arizangiz allaqachon ko’rib chiqilayotgan bo’lsa, qaysi qoidalar sizga tegishli ekanini idoradan yozma ravishda so’rang.

🔗 Manba: bundesrat.de, aerzteblatt.de
👉 Obuna bo’ling: Germaniya Hayoti — t.me/germaniyahayoti4

Telegram

Germaniya hayoti

🇩🇪 Bu kanal — Instagram va YouTube’dagi sahifalarimizdan FARQ QILADI!📜 Matn ko‘rinishida, kameradan tashqaridagi haqiqatni yoritamiz.PULLIK KONSULTATSIYA: https://t.me/germaniyahayoti_admin🧠 Illusiyalarsiz, bezaklarsiz, faqat real Germaniya voqealar!

VIEW CHANNEL
2,5200024
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

17. Okt. 2026, 00:22

Photo1/2
📕 KITOB TAYYOR!

«GERMANIYADA O'QITUVCHI BO'LISH»
Amaliy qo'llanma 2026

Assalomu alaykum, aziz obunachilar! 🤍

Bir necha oylik mehnat, yuzlab rasmiy hujjatlar, nemis saytlari va o'z tajribam — hammasi bitta kitobda jamlandi.

Bu kitob kimlar uchun?
👩‍🏫 O'zbekistondagi o'qituvchilar
🇩🇪 Germaniyada yashab, maktabda ishlamoqchi bo'lganlar
🔄 Pedagogik diplomi bo'lmasa ham o'qituvchi bo'lishni xohlaganlar (Seiteneinstieg)

Kitob ichida:
✅ 170+ sahifa — diplom tan oldirishdan ko'chishgacha butun yo'l
✅ 16 federal yerning rasmiy ma'lumotlari
✅ Eng ko'p uchraydigan 20 ta xato — va ulardan qanday qochish kerak
✅ Barcha xarajatlar bitta jadvalda
✅ 50 ta savol-javob
✅ 111 ta nemischa–o'zbekcha atama lug'ati
✅ Lebenslauf va Anschreiben namunalari
✅ Muallif maslahatlari — shaxsiy tajribamdan

Maqsadim oddiy — siz bu yo'lni mendan tezroq va osonroq bosib o'ting.

⏳ Kitob tez orada sotuvga chiqadi! Narxni aniqlashtiryapman — e'lon shu kanalda bo'ladi.

@germaniyahayoti4
2,84000139
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

15. Okt. 2026, 17:00

🗣 BAMF kasbiy nemis tili kurslarini kengaytirdi

2026-yil 1-oktabrdan boshlab BAMF kasbiy nemis tili kurslari (Berufssprachkurse) sonini oshirdi. Bu haqda BAMF kurs tashkilotchilariga rasmiy xat yuborgan (14.07.2026).

✅ Nimalar o‘zgardi:
B2: talab to‘liq qondirilishi kerak.
C1 va C2: kurslar sezilarli darajada ko‘payadi, chunki mutaxassislar kerak.
B1: yana ochiladi, lekin juda cheklangan miqdorda. O‘qishdan keyin ishga kirish ehtimoli yuqori bo‘lganlarga ustunlik beriladi.
A2: hozircha yo‘q ❌

Fachpraxis kurslari qaytdi. Ularda nemis tili amaliy ish bilan birga o‘rgatiladi.
Azubi’lar, bolalar bog‘chasi xodimlari va diplomini tan oldirayotganlar uchun kurslar avvalgidek davom etadi.

📅 Bu tartib rejaga ko‘ra 2027-yilning birinchi yarmigacha amal qiladi.

📝 Qanday yozilish mumkin:
Ish izlayotgan bo‘lsangiz yoki Jobcenter/Agentur für Arbeit’dan yordam olsangiz, o‘z maslahatchingizga murojaat qiling.
Ishlasangiz-u, ish izlovchi sifatida ro‘yxatda bo‘lmasangiz, ruxsatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri BAMF’dan so‘raysiz.
Ruxsat olgach, BAMF tasdiqlagan kurs tashkilotchisiga yoziling.

💰 Ish izlovchilar, Azubi’lar va ijtimoiy yordam oluvchilar uchun kurs bepul. Ishlayotganlar uchun narx daromadga bog‘liq.

⚠️ Har bir hududda o‘rinlar soni turlicha, shuning uchun ertaroq murojaat qiling!

📌 Manba: BAMF Trägerrundschreiben BSK 14/26; tuenews.de
👉 Obuna bo‘ling: Germaniya Hayoti — t.me/germaniyahayoti4

Telegram

Germaniya hayoti

🇩🇪 Bu kanal — Instagram va YouTube’dagi sahifalarimizdan FARQ QILADI!📜 Matn ko‘rinishida, kameradan tashqaridagi haqiqatni yoritamiz.PULLIK KONSULTATSIYA: https://t.me/germaniyahayoti_admin🧠 Illusiyalarsiz, bezaklarsiz, faqat real Germaniya voqealar!

VIEW CHANNEL
3,3400021
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

15. Okt. 2026, 12:00

💶 Germaniyada narxlar oshmoqda: inflyatsiya 3,3% ga yetdi

Federal statistika boshqarmasi (Destatis) 13-oktabr kuni rasmiy ma’lumotni e’lon qildi. 2026-yil sentabrida narxlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3% ga oshgan. Bu yilning eng yuqori ko‘rsatkichi va 2023-yil dekabridan beri eng baland daraja.

📊 Nimalar qimmatlashdi (sentabr 2026 / sentabr 2025):
🛢 Isitish uchun suyuq yoqilg‘i (Heizöl): +74,9%
⛽️ Benzin va dizel (Kraftstoffe): +37,1%
⚡️ Energiya umuman: +14,9%
🛒 Oziq-ovqat: atigi +0,4%
🏠 Ijara (Nettokaltmiete): +1,9%
Taqqoslash uchun: avgustda inflyatsiya 2,9%, iyulda 2,8% edi.

⛽️ Yaxshi xabar: 1-oktabrdan 31-dekabrgacha Tankrabatt amalda. Benzin va dizelga solinadigan soliq kamaytirilgan, natijada har bir litr 17 sentga arzonlashishi kerak.

💡 Maslahat:
Uyingiz Heizöl bilan isitilsa, yoqilg‘ini birdaniga emas, narxlarni kuzatib bo‘lib-bo‘lib sotib oling.

Grundsicherung yoki Wohngeld olsangiz, isitish xarajatlari oshganini Jobcenter yoki Wohngeldstelle’ga albatta xabar qiling.

Yoqilg‘i quyishdan oldin narxni ilovalarda solishtiring (masalan, mehr-tanken, clever-tanken).

📌 Manba: destatis.de (PM Nr. 364, 13.10.2026)

👉 Obuna bo‘ling: Germaniya Hayoti — t.me/germaniyahayoti4

Telegram

Germaniya hayoti

🇩🇪 Bu kanal — Instagram va YouTube’dagi sahifalarimizdan FARQ QILADI!📜 Matn ko‘rinishida, kameradan tashqaridagi haqiqatni yoritamiz.PULLIK KONSULTATSIYA: https://t.me/germaniyahayoti_admin🧠 Illusiyalarsiz, bezaklarsiz, faqat real Germaniya voqealar!

VIEW CHANNEL
3,0400036
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

15. Okt. 2026, 11:59

🎓 Grantlar: Germaniyada bepul o‘qish va oylik stipendiya

1️⃣ FloodRISK — Erasmus Mundus magistraturasi (suv toshqini xavfini boshqarish)
🏛 TU Dresden (Germaniya), IHE Delft (Niderlandiya), UPC Barcelona (Ispaniya) va Lyublyana universiteti (Sloveniya) birgalikda o‘qitadi. Bitiruvchilar to‘rttala universitetning magistr diplomini oladi.
👤 Kimlar topshira oladi: bakalavr darajasidagi bitiruvchilar. Mutaxassislik: qurilish yoki ekologiya muhandisligi, geofanlar, geografiya, geologiya, tabiiy resurslar va shunga yaqin yo‘nalishlar. Baholar yuqori bo‘lishi va xalqaro ingliz tili sertifikati talab qilinadi. O‘zbekiston fuqarolari Partner Country toifasida topshiradi.
💰 Nima beradi: 24 oygacha har oy 1 400 €. Bundan tashqari o‘qish to‘lovi, laboratoriya va sug‘urta xarajatlari qoplanadi.
📅 O‘qish 2027-yil sentabrda boshlanadi.
⏰ Muddat: 2027-yil 3-yanvar (Niderlandiya vaqti bilan 23:59)

🔗 floodriskmaster.org/scholarships


2️⃣ Max Planck Graduate Center for Quantum Materials — PhD
🏛 Max Planck jamiyati: bir nechta Max Planck institutlari va Fritz Haber instituti.
👤 Kimlar topshira oladi: fizika, kimyo yoki materialshunoslik bo‘yicha a’lo bakalavr yoki magistr diplomiga ega nomzodlar. Istalgan davlat fuqarosi topshirishi mumkin.
💰 Nima beradi: to‘liq moliyalashtiriladi. Oylik daromad yashash xarajatlarini qoplaydi, aniq summasi saytda ko‘rsatilmagan. Suhbatga taklif qilinganlarning yo‘l va viza xarajatlari qaytariladi. Ariza topshirish bepul.
📅 O‘qish 2027-yil kuzida boshlanadi.
⏰ Muddat: 2026-yil 8-dekabr

🔗 quantummaterials.mpg.de/application

💡 Hujjatlarni oxirgi kunga qoldirmang: tavsiya xatlari va ingliz tili sertifikatini tayyorlashga vaqt ketadi.

👉 Grantlar haqida birinchilardan bilish uchun obuna bo‘ling: Germaniya Hayoti — t.me/germaniyahayoti4
2,760008
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

14. Okt. 2026, 17:00

🇺🇿🇩🇪 O’zbek senatorlari Berlinda + hamshiralar uchun “Anerkennungspartnerschaft” yo’li

📰 Yangilik: 13-oktabr kuni Senat raisining birinchi o’rinbosari Sodiq Safoyev Berlinda Germaniya Federal Prezidentining tashqi siyosat bo’yicha maslahatchisi Wolfgang Silbermann bilan uchrashdi. Tashrif Bundestagdagi Markaziy Osiyo parlament guruhi rahbari Christian Görke taklifi bilan bo’ldi.
Muhokama qilingan mavzular: kasbiy ta’lim va nemis tilini o’rganish, universitetlar hamkorligi, savdo va investitsiyalar, Volkswagen va Henkel loyihalari, transport va raqamli infratuzilma. Hozircha yangi kelishuv imzolanmagan.
🔗 Manba: Trend.az — https://www.trend.az/casia/uzbekistan/4234308.html

📘 Foydali yo’riqnoma: diplomingiz to’liq tan olinmagan bo’lsa ham Germaniyaga ishga kelish — “Anerkennungspartnerschaft” (§16d AufenthG)

✅ Talablar:

Kamida 2 yillik kasbiy yoki oliy ma’lumot (O’zbekistonda davlat tomonidan tan olingan)
Nemis tili — A2 yetarli
Germaniyadagi ish beruvchidan aniq ish taklifi
Ish beruvchi bilan yozma “tan olish hamkorligi” kelishuvi (shartnomaning bir qismi bo’lishi mumkin)
Maosh va shartlar nemis xodimlarnikidan past bo’lmasligi kerak; Agentur für Arbeit roziligi kerak

⏳ Viza: avval 12 oygacha, keyin yilma-yil uzaytiriladi — jami 3 yilgacha. Haftasiga 20 soatgacha qo’shimcha ishlash mumkin.
📄 Diplomni tan olish arizasi Germaniyaga kelgandan keyin beriladi. To’liq tan olinsa — mutaxassis (Fachkraft) ruxsatnomasiga o’tasiz.

👩‍⚕️ Hamshiralar uchun: to’liq tan olish uchun B2 nemis tili, sog’liq haqida ma’lumotnoma va sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma kerak. Farqlarni yopish uchun — Kenntnisprüfung (imtihon) yoki Anpassungslehrgang (moslashtirish kursi). Hamshiralar uchun EU Blue Card berilmaydi.

🔗 Rasmiy manbalar:
https://www.make-it-in-germany.com/en/visa-residence/types/visa-recognition-partnership
https://www.make-it-in-germany.com/de/arbeiten-in-deutschland/gefragte-berufe/pflegekraefte

#Ozbekiston #Germaniya #Pflege #Viza #GermaniyaHayoti

Trend.Az

Uzbekistan, Germany aim to deepen strategic partnership

BAKU, Azerbaijan, October 13. Uzbekistan and Germany discussed strengthening their strategic partnership, expanding trade and investment ties, and advancing cooperation in education and…

3,1400012
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

14. Okt. 2026, 11:04

Akalar, opalar!
Sizlarga ko'p yaxshilik qilgim kerakli infolarni topib bergim keladi, lekin shu vaqtim yetmay qoladi, ba'zan energiya...

Savollaringiz bo'lsa yozing!

Guruhda ko'p insofli va diyonatli o'zbeklar bor.
Man yozolmasam, ular ko'pincha yordam qilishadi...

Agar infolar foydali bo'lsa, doimgiday KERAKLI ODAMLARGA yetkazing!!! Hamma yuvoring demayman, aynan izlab yurgan odamlarga yetib borsa, mazza qilamiz!)

Kuningiz xayrli o'tsin...

Hurmat bilan Behruz (Germaniya hayoti)
2,90000108
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

14. Okt. 2026, 11:01

Photo1/2
🎓 Grantsiz magistratura: qancha pul kerak?

1️⃣ Xarajatlar (taxminan):
Sperrkonto: 11.904 € (bu SIZNING pulingiz, Germaniyada har oy 992 € dan qaytadi)
O’qish: ko’p davlat universitetlarida bepul (BW’da semestriga ~1.500 €)
Semesterbeitrag: 150–400 €/semestr
Sug’urta: ~120–140 €/oy
Viza, tarjima, til sertifikati: ~500–800 €
Chipta + birinchi oy (Kaution): ~1.500–2.000 €
👉 Jami: ~15–17 ming €

2️⃣ Sperrkontoni konsalting orqali “qo’ydirish”?
⛔️ YO’Q! “Pulni ijaraga berish” firibgarlik hisoblanadi:
elchixona pul manbasini tekshiradi
keyin Ausländerbehörde ham tekshiradi
oqibati: viza bekor qilinishi, kirish taqiqi, jinoiy ish
kelganingizda pulsiz qolasiz

✅ To’g’ri yo’l: Sperrkontoni o’zingiz oching (Expatrio, Fintiba, Coracle). Pulni ota-onangiz o’tkazib berishi mumkin. Yoki Germaniyadagi qarindoshingizdan Verpflichtungserklärung oling.

Savollar bo’lsa, izohlarda yozing 👇
— Germaniya Hayoti
2,7300024
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

14. Okt. 2026, 10:52

🚛 O‘zbekistonlik haydovchilar uchun: Germaniyaga Berufskraftfahrer vizasi — rasmiy talablar

Toshkentdagi Germaniya elchixonasi saytida yuk va yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar uchun alohida viza turi bor.

Asosiy qoidalar:
❗️ Eng muhimi: O‘zbekiston yuk mashinasi guvohnomasi bilan Germaniyada professional haydovchi bo‘lib ishlab bo‘lmaydi.

📌 Ikki yo‘l bor:
1. Kasbiy ma’lumot tan olingan bo‘lsa (§ 18a AufenthG)
Haydovchilik kasbiy ma’lumotingiz nemis ma’lumotiga teng ekanini IHK FOSA qarori bilan isbotlaysiz.

2. § 24a BeschV bo‘yicha
▪️ Sizda EI/EIH guvohnomasi (C1, CE1, C, CE, D1, D1E, D yoki DE) va Grundqualifikation bor bo‘lishi kerak.
▪️ Yoki ularni Germaniyada olasiz. Buning uchun kerak:
ish beruvchi bilan shartnoma, unda guvohnoma va Grundqualifikation’ni 15 oy ichida olish majburiyati yozilgan bo‘lishi;
o‘sha ish beruvchida haydovchi lavozimiga aniq taklif;
nemis tili B1 sertifikati;
o‘zbek guvohnomasining asli va tarjimasi.
▪️ Faqat B toifasi kerak bo‘lgan ishlar bu qoidaga kirmaydi.

📄 Kerak bo‘ladigan hujjatlar:
ish shartnomasi;
ish beruvchi to‘ldiradigan “Erklärung zum Beschäftigungsverhältnis” blankasi;
2 nusxa jadval shaklidagi CV (nemischa);
tibbiy sug‘urta.
45 yosh va undan kattalar maoshi pensiya sug‘urtasi Beitragsbemessungsgrenze’sining 55 foizi ekanini yoki yetarli pensiya ta’minoti borligini isbotlashi kerak.
🎂 Yosh chegaralari: yuk va yo‘lovchi tashishda 18, 21 yoki 23 yosh.
💶 Viza to‘lovi: 75 € (so‘mda naqd). Bu viza turi uchun navbat TLS orqali emas, elchixona tizimi orqali olinadi.

🔗 Rasmiy sahifa: taschkent.diplo.de/uz-de/service/05-visaeinreise/2572396-2572396

👉 Obuna bo‘ling: Germaniya Hayoti — t.me/germaniyahayoti4

taschkent.diplo.de

Aufnahme einer Erwerbstätigkeit als Berufskraftfahrer im Straßengüterverkehr und als Kraftomnibusfahrer

Bitte beachten Sie, dass Sie mit einem usbekischen LKW-Führerschein in Deutschland nicht als Berufskraftfahrer arbeiten dürfen! Drittstaatsangehörigen, die über eine abgeschlossene deutsche oder…

2,7400012
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

13. Okt. 2026, 11:09

🇺🇿➡️🇩🇪 O’zbek diplomingiz Germaniyada tan olinadimi? Bosqichma-bosqich yo’riqnoma

Ko’pchilik so’raydi: “Toshkentda olgan diplomim Germaniyada ishlash yoki viza uchun yaroqlimi?” Rasmiy make-it-in-germany.com portali bo’yicha javob:

1️⃣ Kasbingiz “regulyatsiya(tartibga solingan) qilinganmi” — tekshiring

Shifokor, arxitektor kabi kasblarda Anerkennung MAJBURIY
Informatik, matematik kabi kasblarda Germaniyada ishlash uchun Anerkennung shart emas, LEKIN Blue Card yoki ishchi viza uchun diplomingiz nemis diplomiga “tengligini” isbotlashingiz kerak

2️⃣ anabin bazasida universitetingizni toping

Universitet “H+” bo’lishi kerak — demak, Germaniyada tan olingan
“H+/-” bo’lsa, aynan sizning darajangiz o’sha universitet ostida ro’yxatda bo’lishi kerak

3️⃣ Diplomingiz darajasini tekshiring

Daraja “entspricht” yoki “gleichwertig” deb belgilangan bo’lishi kerak
Ikkalasi ham ijobiy bo’lsa — anabin sahifalarini chop etib, viza uchun dalil sifatida ishlatish mumkin

4️⃣ anabin yordam bermasa — ZAB Zeugnisbewertung

Universitet yoki daraja bazada yo’q bo’lsa, ZAB (Zentralstelle für ausländisches Bildungswesen) rasmiy baho beradi
Narxi: 208 € (dublikat — 104 €)
Muddat: odatda taxminan 3 oy, ko’p ariza bo’lsa uzoqroq
Ariza to’liq onlayn: ZAB saytida akkaunt kerak (BundID orqali), hujjatlar PDF yuklanadi, to’lov onlayn
Blue Card uchun ariza bo’lsa (ish shartnomasi yoki yozma taklif nusxasi bilan) — taxminan 2 hafta

⚠️ Diplomni “tez tan oldirib beramiz” deb pul so’raydigan vositachilarga ishonmang — anabin bepul, ZAB arizasini o’zingiz onlayn topshirasiz.

🔗 Manbalar:
https://www.make-it-in-germany.com/de/jobs/anerkennung/hochschulabschluesse/
https://www.fimportal.de/api/v0/leistung-stammtexte/L100042/185949/pvog/de/pdf

#Anerkennung #diplom #Germaniya #Ozbekiston #GermaniyaHayoti


Kanalga obuna bo'ling 👉 @germaniyahayoti4

Make-It-In-Germany

Bewertung ausländischer Hochschulabschlüsse

Das Portal der Bunderegierung zeigt, wie die Anerkennung ausländischer Hochschulabschlüsse in Deutschland gelingt

3,7400029
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

12. Okt. 2026, 22:43

Photo1/2
Кичик хулоса...

Биласиз, "Германияда ўқитувчи бўлиш" ҳақида қўлланма тайёрлаяпман, шу китобча учун инфолар йиғиш жараёнида шуни тушундимки, Германия мутлақ бир давлат эмас... АЙНАН ТАЪЛИМДА!

Бир бундесланд истаса бошқа бундесландга "пошел..." дея олиши мени кундан кун ҳайратга солмоқда...

Китобнинг федерал ерлар ҳақидаги қисмидан бир парча ташладим...

Ўртада шунақа мақтаниб тураман!)))
Сабаби балки кимдир камчилигини кўрса, чиқарворишдан олдин хатолардан асраб қолармиди...
3,7500067
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

12. Okt. 2026, 15:12

🎓 GRANT: Erfurt universitetida PhD uchun stipendiya — oyiga 1 400 €

Erfurt universiteti (Turingiya) Thüringer Landesgraduiertenförderung mablag’lari hisobidan doktorantlar uchun stipendiyalar e’lon qildi.

💶 Nima beradi:
Oyiga 1 400 €
Oilaviy qo’shimcha: 1-farzand uchun 300 €, har bir keyingi farzand uchun 150 €
Muddat: 3 yil (1 yilga uzaytirish mumkin)
Boshlanishi: 1-aprel 2027 (aprel–iyul 2027 oralig’ida boshlash mumkin)

👤 Kimlar topshira oladi:
Doktorlik loyihasi bor, Erfurt universitetida rahbar (Erstbetreuer) topgan va fakultet yoki Max-Weber-Kolleg tomonidan doktorant sifatida qabul qilingan nomzodlar
Loyiha sertifikatlangan graduate school’larning tuzilgan EPPP dasturi yoki Max-Weber-Kolleg doirasida bo’lishi kerak
Boshlashdan oldin Erfurt universitetiga immatrikulyatsiya qilinish shart

ℹ️ Fuqarolik va til talablari e’londa alohida ko’rsatilmagan — to’liq shartlarni rasmiy Ausschreibung’dan o’qing.

⏰ DEDLAYN: 24-noyabr 2026, 23:59 (MEZ)
📅 Natijalar: taxminan 2027-yil fevral oxiri
🔗 Rasmiy e’lon: https://www.uni-erfurt.de/universitaet/aktuelles/news/news-detail/stipendien-fuer-promotionsvorhaben-ausgeschrieben

🔗 To’liq shartlar: www.uni-erfurt.de/forschung/aktuelles/ausschreibungen

💡 Maslahat: avval rahbar-professorni toping — u bo’lmasa ariza qabul qilinmaydi. Boshqa stipendiyalarni DAAD rasmiy bazasida qidiring: https://www2.daad.de/deutschland/stipendium/datenbank/de/21148-stipendiendatenbank/
#grant #stipendiya #PhD #Germaniya #GermaniyaHayoti


Kanalga obuna bo'ling 👉 @germaniyahayoti4

www.uni-erfurt.de

Stipendien für Promotionsvorhaben ausgeschrieben

Die Universität Erfurt vergibt zum 1. April 2027 Stipendien aus Mitteln der Thüringer Landesgraduiertenförderung für Promotionsvorhaben im strukturierten Erfurter- Promotions-und-Postdoktorand*innen-Programm (EPPP) der zertifizierten Graduiertenkollegs bzw.…

3,7100011
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

12. Okt. 2026, 11:01

IT mutaxassisi (Fachinformatiker m/w/d, Systemintegration) — Securiton GmbH

📍 Achern, Baden-Vyurtemberg
✅ Talab: Fachinformatiker – Systemintegration ixtisosligi (til darajasi ko’rsatilmagan)
💶 Maosh: yiliga 61 600 € (e’londa ko’rsatilgan), Homeoffice mumkin
⏰ To’liq stavka, darhol; dedlayn ko’rsatilmagan
📩 Ariza: e’londagi hamkor sayt (jobvector) orqali
🔗 https://www.arbeitsagentur.de/jobsuche/jobdetail/14225-046cbe0e5e1dee25-S

Ref.: 14225-046cbe0e5e1dee25-S


Kanalga obuna bo'ling 👉 @germaniyahayoti4

Jobsuche der BA

Fachinformatiker (m/w/d) bei Securiton GmbH Alarm- und Sicherheitssysteme

Securiton gehört zu den führenden Experten, wenn es um die Erkennung und Abwehr von Drohnen geht. Ebenso stärken wir mit unseren Robotik Sicherheitssystemen die Sicherheit im Perimeterschutz. Wir entwickeln und integrieren hochmoderne Systeme, die kritische…

3,6700020
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

11. Okt. 2026, 16:17

🎓 BAföG oshadi: talabalarga 503 € va uy-joy uchun 440 €

Germaniya hukumati BAföG (talabalar uchun davlat yordami) islohotini Bundestagga topshirdi (Drucksache 21/8405). Hozircha bu loyiha, qonun hali qabul qilinmagan.

📌 Asosiy o’zgarishlar:
Asosiy stavka 2027/28 qishki semestridan 503 €, 2029 yozgi semestridan 563 € bo’ladi

Ota-onasidan alohida yashaydigan talabalar uchun uy-joy puli 380 € → 440 € (2027 yozgi semestridan)

Ota-onasi bilan yashaydiganlarga uy-joy puli avval 41 € gacha qisqaradi, keyin butunlay bekor qilinadi

Ariza endi faqat onlayn — “BAföG Digital” portali orqali
5-semestrdan keyingi o’qish natijalari haqidagi isbot talab qilinmaydi
Ausbildung oluvchilar uchun BAB va Ausbildungsgeld ham oshiriladi

🗓 Bundestagda birinchi o’qish — 15-oktabr 2026.

💡 Bizga nima ahamiyati bor? Agar sizning yashash ruxsatingiz BAföG yoki BAB olish huquqini bersa — 2027 yildan pul ko’payadi. Bu dastruda qatnasha olasizmi yo'qmi buni universitetingizdagi BAföG-Amt’dan so’rab bilishingiz mumkin.

Manba: bundestag.de (hib 800/2026)


#BAföG #talaba #Germaniya #GermaniyaHayoti


Kanalga obuna bo'ling 👉 @germaniyahayoti4
3,7900030
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

09. Okt. 2026, 20:30

✅Akalar! Opalar!

Mabodo internetda savolingizga javob topolmayotgan bo'lsangiz t.me/germaniyahayoti_admin ga "KONSULTATSIYA" deb yozing!

Maslahatim: o'zingiz OBDON QIDIRING! Internetdagi infolardan chalkashib ketsangiz, rostanam ham ikkilayotgan bo'lsangiz, yoki internetda topilmas infolar bo'lsa, KONSULTATSIYA sizga kerak!

"Germaniyaga qanaqa ketsa bo'ladi?" degan savolga ham javob beraman, lekin bundan meni insofim qiynaladi!

O'zingiz qidiring, topolmasangiz - mana men bor!

Vaqtini kelishib online ko'rishamiz!

Maksimum toza va tajribadan o'tgan info topib berishga harakat qilaman!

🔴Gapim gap: agar foyda olmadim desangiz 100% qaytariladi pulingiz!

Omad!
4,3300063
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

10. Sept. 2026, 04:50

"Тарих ўқитувчилари" семинаридаман...

Савол берилди: Ким Mecklenburg-Vorpommen даги мактабларга қайта ўқишга борган бўларди...

Жавоби мани ҳайрон қолдирди. 54 та ўқитувчидан ҳечким қўл кўтармади...

Чеккадан гўзал кўринади, аммо ичкарида яшаб шуни айтиш мумкинки, ҳамма ўзининг таълим системасидан норози...
2,2700043
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

10. Sept. 2026, 04:50

Photo
Ko'z oldimizda Germaniya o'zgarishini ko'ramiz Vatandoshlar...

Merz janoblarini hech nima qilganlari bilan tabriklaymiz.

Germaniyani esa tobora bosh ko'tarib kelayotgan AFD bilan...
3,4200050
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

10. Sept. 2026, 04:50

🧲"O'zbekistondagi 28 kun. Qancha ketdi?"...

Shu mavzuda video chiqadi, ammo ichida nima savollar sizga qiziq?

Aynan nima mavzu sizga foydali bo'ladi?
Savollaringizni qoldiring, Youtubeda o'qiymiz...
5,8500064
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

10. Sept. 2026, 04:50

Photo
🇺🇿 O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN KATTA BAYRAM! 🎉

Aziz yurtdoshlar va do‘stlar!

📅 6-sentabr 2026-yil
🕐 Soat 13:00 da
📍 Fürth shahrida

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan katta bayramga taklif qilamiz!

Bayram ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tadi. Sizni:
🎤 Vatandan tashrif buyurgan san’atkorlar
🍽 Milliy taomlar
🎶 Ko‘tarinki kayfiyat va maroqli dastur kutmoqda!

✅ Bayramga kirish barcha uchun BEPUL!
✅ Joylar soni cheklanmagan!

Yeguliklar va suvenirlarni bayram hududida xarid qilishingiz mumkin.

👨‍👩‍👧‍👦 Oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham taklif qiling!

📍 Manzil:
Fronmüllstraße, Südstadtpark 90763 Fürth
https://forms.gle/c5GPWr19XiEUMtMy6

🇺🇿 «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»
6,9500031
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

10. Sept. 2026, 04:50

“Nega buyuk davlatlar boy? Chunki o‘qituvchisi boy” — Germaniyada o‘qituvchilik qilayotgan Behruz Bozorov bilan eksklyuziv suhbat

Germaniya ta’lim tizimi, bu mamlakatda o‘qituvchilar maqomi, oylik maoshi haqida ko‘p bora eshitganmiz. Lekin aynan Germaniyada o‘qituvchilik qilayotgan pedagogning o‘zidan bu haqda eshitmaganingiz aniq.

"Tanaffus" podkastining yangi sonida bir necha yillar O‘zbekistonda o‘qituvchilik qilgan, keyinchalik Germaniyaga ketib, ayni damda o‘qituvchilik qilayotgan Behruz Bozorov bilan eksklyuziv suhbat uyushtirildik.

Podkast davomida Behruz Bozorov o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning Germaniyaga ketish imkoniyati, bu mamlakatda o‘qituvchilik kasbining qadrlanishi, oylik maoshi va imtiyozlari haqida gapirib berdi.

Ishontirib aytolamizki, ushbu podkastni ko‘rganingizdan, ketkazgan vaqtingizga mutlaqo achinmaysiz. Marhamat, hoziroq tomosha qiling.

Germaniyaga ketib, o‘qituvchilik qilish istagingiz bo‘lsa, izohlarda o‘zingizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/jDnnBAxWpBI

Telegram l https://www.instagram.com/xalqtaliminfo l https://www.youtube.com/@xalqtaliminfo?sub_confirmation=1
Video Thumbnail
4,6300026
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

10. Sept. 2026, 04:50

Германияда ўқитувчи бўлиш

Германияга ўқитувчи бўлиб миграция қилмоқчи бўлганлар, шуни кўзлаб юрганлар бўлса бу ҳақида бугун ёки эртага катта подкаст чиқади.

Қадамба қадам бу йўналиш ҳақида ва ундан ташқари кўплаб таълим тизимининг оғриқли нуқталари, Германия ва Ўзбекистон мактаб тизими ҳақида гаплашганмиз.

Ойликлар ва потенциал ҳақида ҳам албатта гаплар бор!

Ўқитувчилик бўйича кўплаб саволлар келади.

Шу подкаст кўп саволларга жавоб беради деган умидимиз бор...
4,46000127
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

26. Aug. 2026, 00:59

Ютуб ва инстаграм аудитория...

Охирги пайтлар бир нимага тушунмай қолдим?
Инстаграмда видео қўйсам, ҳейт, сўкинишлар ва ҳоказога учраган бўлган видео негадур Ютубда яхши қабул қилинади, тўғри анализ ва қабул қилинади..

Ман нимадур хато қиляпманми ёки уйқуда бу постни ёзяпманми?
2,8600068
Germaniya hayoti logo
Germaniya hayoti

26. Aug. 2026, 00:59

Photo
Shaxsiy tirikchilik😎

Ijaraga beriladi — 1 xonali studiya

📍 Manzil: Janubiy vokzal — 150 metr 🏢 Turk loyihasi, qo’riqlanadigan majmua, lift bor

👨‍👩‍👧 Oilaviy juftliklarga, ekspatlarga (xorijliklarga) yoki yolg’iz yashovchilarga mos

✨ Xonalar tavsifi: Mehmonxona kristall lyustra, shift ustunlari va LED yorug’lik chizig’i bilan bezatilgan. Qora ramkali shisha bo’luvchi eshik oshxona-yotoqxona zonasini alohida ajratib turadi.

🛋️ Katta burchakli yumshoq divan
🍽️ Oshxona zonasida dumaloq stol, zamonaviy shkaflar va qora granit ish yuzasi
🚿 Hammom — oq marmar ko’rinishidagi rakovina, tomchi shaklidagi LED oynali dizaynerlik yechim

📺 Devorga o’rnatilgan televizor, yog’och panelli devor bezagi
🔌 Barcha zarur maishiy texnika bilan to’liq jihozlangan — komfort ta’minlangan

❄️ Konditsioner va suv filtri (kuler) mavjud

🏠 To’liq mebellashtirilgan, ko’chib kirish mumkin


Telefon: +998 97 184 01 23
3,1500040

Showing 30 of 68 posts

Rating

Login required

Frequently Asked Questions

Worum geht es im Telegram-Kanal Germaniya hayoti?+

Germaniya hayoti (@germaniyahayoti4) ist ein Telegram-Kanal in der Kategorie Virale Videos auf tgdio. Ranking, Bewertungen, Reviews und aktuelle Posts helfen vor dem Abonnieren. Aktuell etwa 12.241 Abonnenten auf tgdio.

Wie trete ich Germaniya hayoti (@germaniyahayoti4) auf Telegram bei?+

Öffnen Sie das Profil auf tgdio und nutzen Sie Join / Open in Telegram, um @germaniyahayoti4 kostenlos zu abonnieren.

Ist Germaniya hayoti ein guter Virale Videos-Kanal?+

Auf tgdio können Sie Bewertung, Reviews, Ranking und Posts von Germaniya hayoti prüfen. Aktuell etwa 12.241 Abonnenten auf tgdio. Vergleichen Sie mit ähnlichen Virale Videos-Kanälen.

Wo sehe ich Stats und Beiträge von Germaniya hayoti?+

Auf tgdio öffnen Sie @germaniyahayoti4 für Abonnenten-Stats, Ranking, Bewertungen und Posts. Stats zeigt Wachstum.