— Vazmin insonlarni yaxshi ko‘raman. Har bir so‘zini tanlab, chertib, o‘rniga qo‘yib gapiradigan, ovozini balandlamaydigan va fikrini hech qanday qiyinchiliklarsiz dona-dona yetkazib bera oladigan.
Maqtanish, ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, shunchaki hech kimning hayotiga aralashmay, hech kimga zarar yetkazmay, ularga berilgan umrni eng go‘zal shaklda yashab o‘tishga harakat qiladigan insonlar bu umuman boshqa dunyo.
Boshiga muammo kelsa, vahima qilmasdan, sokinlik bilan chiqish yo‘lini qidiradigan insonlarga hurmatim baland. Bunday insonlardan ilhom olsa arziydi.
• Fikrimga qo’shilsangiz — ❤️🔥
@shoyad_shuxratovich