Ukamga tavsiya — 3
(Nasihatlarim avvalo o’zimga)
1. Ukam eshit, pul qo‘lingga tushsa, darrov o‘zingni boy his qilma. Boylik topganing emas, saqlaganing va ko‘paytirganing.
2. Ukam eshit, “sharoit yo‘q” dema. Ko‘p erkaklar sharoitsiz boshlab, sharoit yaratgan. Bahona sustlarning suyanadigan devori.
3. Ukam eshit, sport zalga borishing yaxshi. Lekin faqat muskul bilan oila boqib bo‘lmaydi. Til o‘rgan. Kasb o‘rgan. Moliyaviy savodxonlikni tushun. Kuchli tana ustiga kuchli miyya qo‘yish kerak.
4. Ukam eshit, “hali vaqtim bor” degan gap yolg‘on. Vaqt kutmaydi. Kecha maktab edi, bugun katta bo‘lding. Ertaga ota bo‘lasan. Tayyor tur.
5. Ukam eshit, pul topmasang ham mayli, lekin o‘rganmay yurishing uyat. Ish qidir, tajriba qil, kichigidan boshlagin. 0 daromad vaqtinchalik bo‘lishi mumkin, lekin 0 harakat xavfli.
6. Ukam eshit, do‘stlaring kim? Bekorchilar davrasi seni erkak qilmaydi. Sokin, maqsadli, ishlayotgan yigitlar bilan yurgin. Muhit seni shakllantiradi.
8. Ukam eshit, bir kun farzanding sendan: “Dada, siz qanday bo‘lgansiz?” deb so'raganda faxr bilan javob bera oladigan hayot qur.
*Bularni menga dadam aytgan, amal qilsang kam bo’lmaysan, men kam bo’lmadim.
Manfaatli bo’lsa — ❤️🔥