#ilm_qadri ⏺️Alloma Jaloliddin Davvoniy rohimahulloh aytadilar: «Agar avvalgi ulamolar o‘zlaridan keyin bizga o‘xshagan nodon va beadab (الأجلاف) kimsalar (talabalar) kelishini bilganlarida edi, kitoblarini o‘zlari bilan birga qabrlariga dafn etishni vasiyat qilgan bo‘lardilar. Qalblarida saqlagan ilmlarini aslo oshkor qilmagan bo‘lardilar».
📚 Ravzul- axyor (روض الأخيار)
❗️ Ustimizda xizmat qilib turgan ustozlarni va ular orqali yetib kelayotgan ilmlarni qadrlash, ta'lim olishga bo'lgan fursatni g'animat bilish kerak.
🟢Ulamolarga voris bo'lishning eng muhim va biz anglamayotgan shartlaridan biri ayni mana shu!!!
⏺️#manhajiyat Talaba odobli bo‘lishga mas’ul, ustoz esa mehr-shafqatli bo‘lishga mas’ul. Talaba jidd-u jahd bilan harakat qilishga mas’ul, ustoz esa ishni puxta va mukammal bajarishga mas’ul. Talaba vafo ko‘rsatishga mas’ul, shayx esa omonatga rioya qilishga…
#nasihat ⏺️Badiuzzamon Hamadoniy jiyaniga vasiyat qilib shunday dedilar: “Ey farzandim! Modomiki ilm sening mashg‘uloting, madrasa maskaning, siyohdon senga hamroh, daftaring do‘stingdek ekan, men seni o‘z farzandimdek bilaman.
Bunday qilishingni gumon etmaymanku-ya, mabodo sustashlik yoki dangasalik qilsang unda boshqa birov senga tog‘a bo‘la qolsin. Vassalom.”
🟢Rasmda: Bizga ham tog'a, ham ota, ham ustoz, ham do'st bo'lib kelayotgan, iffatidan farishta hayo qiladigan, ilmi bilan amali bir maqomga yetgan ustozimiz Shayx Ahmad Fozil hafizahulloh
#ustoz 🪶Shu ilmga munosibligi kamol topgan, diyonati oshkor bo'lgan, ilmi puxta ekanligi tasdiqlangan va taqvosi hamda pokligi bilan tanilgan kishidangina ilm o'rgan.
Salafi solihlar shunday deganlar: «"Bu ilm — dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga yaxshilab e'tibor bering."»
⏺️Imom Navaviy rahimahulloh.
🟢Rasmda: Ustozimiz mufassir, faqih, mutakallim, nahviy va balog'iy olim, haqiqiy murshid Shayx Ahmad Fozil hafizahulloh
#irshod ⏺️«Shar’iy ilm va Muhammadiy meros shunchaki xotirada saqlash yoki yig‘ilish va anjumanlarda ma’ruza qilish uchun emas, balki haqni ro‘yobga chiqarish, botilni yo‘q qilish, unga amal qilish, uni keng tarqatish, kelajak avlodga uni shaxsiy xohish istaklar bilan bulg‘amagan va loyqalatmagan, sof va sahih holda meros qilib qoldirish uchun kitoblarga bitilgandir».
⏺️«Ma’alimu irshodiyya li sinoati tolibil ilm» kitobidan.
#manhaj #himmat ❗️O'rganing, o'rgating, kitob yozing!
🟢Qoida: Ilm yo'li tartibi: Avval "ilm"(o'rganish), keyin "itqon"(mustahkam bo'lish), keyin "ta'lim"(o'rgatish va ta'lif qilish):
🟢1.Ilm-ya'ni o'rganish boshlang'ichdan to yuqori bosqichgacha puxta o'qiladi. Bunda tartib-tavsiya quyidagicha bo'ladi: - matnlar o'qiladi(har fan bo'yicha) - shu matnga muxtasar yozilgan sharhlar o'rganiladi - bundan keyin sharhlardan kengroqlari tanlab o'rganiladi - dalillar va uzun (mutovval) sharhlar o'qiladi
🟢2.Mutqiyn-itqon (egallangan ilmda mustahkam bo'lish) bosqichida o'rganilgan har bir ilmni tartiblab jamlanma hosil qilinadi. Bunda tartib-tavsiya quyidagicha: - tanlangan matn yodlanadi - matndagi lafzlar tahlili va ibora muammolari yechiladi - sharh va matndagi bog'liqlik va farqli tomonlar o'rganiladi - sharhlarning takrori va tahsili tartib asosida, mustahkam o'zlashtirish ustiga quriladi. Bularning hech biri ustozsiz amalga oshmaydi.
🟢3.Ta'lim-ya'ni o'rgatish, o'qitish va kitob yozish masalalari yo'lga qo'yiladi. Bunda tavsiya-tartib quyidagicha bo'ladi: - ta'lim jarayoni o'rganishdan, izlanishdan uzilmagan asosda tashkil qilinadi - 1 bet yozish uchun 100 bet o'qish qoidasi qo'llanadi - ta'lim berishda talabalar uchun eng zarur bo'lib turgan kitobni tanlanadi - ta'lif qilishda (yozishda) ehtiyoj eng yuqori bo'lgan sohaning kamchiligini to'ldirish e'tiborga olinadi.
🟢Tolibi ilmdan ilm yo'lida talab qilinadigan eng kam miqdor,har bir fan doirasida eng kamida 3-4 tadan kitob o'qishidir. Shundan keyingina mutaxasislik fani tanlanib, ana shu fan doirasida izlanish amalga oshiriladi. Bu eslatish uchun yozilgan muxtasargina bir tartib. Aslida jarayon juda katta.
#tartib ⏺️Ibn Abu Shayba Musannaf"da keltiradilar: Kufa faqihi Hammom ibn Horis Naxoiy☝ duolarida shunday der ekanlar: “Ey Allohim, menga uyqudan osonlik bilan shifo ber va Oʻzingga itoatda o'tuvchi tunlardagi bedorlikni ato qilgin”.
🟢U kishi faqat o'tirganlarida qisqagina uxlab olardilar.Alloh bergan quvvatlari sabab boshqa vaqtda uyqusizlik uni bezovta qilmas edi.
❗️Tolibi ilmdga eng katta ikki dushman: tartiblanmagan uyqu va tark qilinmagan behuda ishlardir. Bu ikki balo uning tahsilini ham, tartibini ham yeb ado qiladi.
#tushuning 🟢Sirri Saqatiy rohimahulloh aytadilar: “Ilm dunyo xazinalaridan afzaldir. Ilm o‘z egalarini qo‘riqlaydi va ularni har qanday ofatdan himoya qiladi. Mol sarflangan sari kamayadi, ilm esa sarflangan sari (boshqalarga o‘rgatilgan sari) ortadi. Albatta…
#tushuning 🟢Sirri Saqatiy rohimahulloh aytadilar: “Ilm dunyo xazinalaridan afzaldir. Ilm o‘z egalarini qo‘riqlaydi va ularni har qanday ofatdan himoya qiladi. Mol sarflangan sari kamayadi, ilm esa sarflangan sari (boshqalarga o‘rgatilgan sari) ortadi. Albatta, ilmning misoli — yo‘l ustidagi chiroq kabidir. Undan ketayotgan ham, kelayotgan ham nur oladi, undan foydalaniladi, lekin u hech kamaymaydi.”
🟢Ana shu chiroq bo'lgan ilmni qanday hosil qilish kerakligi haqida esa Abdulloh ibn Muborak quyidagicha aytadilar: “Ilm to‘rt narsa bilan qo‘lga kiritiladi: — bo‘sh vaqt (fursat), — mol (moddiy imkoniyat), — yod olish (kuchli xotira), — va taqvo (qattiq parhezkorlik).”
📚 FazluI ilm va fazlu hamalatihi, 31-bet
⏺️Agar talaba bo'lsangiz yaxshi tushuning: - Olayotgan ilmingiz sizga foyda bersin - Unaga amal qiling, yo'qsa zararingizga yuk bo'ladi - Unda ixlos qiling, uni seving - Fikringiz, zikringiz shu bo'lsin - Ko'chalarda, to'ylarda, yig'in-gaplarda tentirab yurmang - O'zingizga sutkada eng kamida 10 soatlik dars vaqti ajrating - Takrorsiz, yodlashsiz siz hech kimsiz - Ilmingiz sizga chiroq, siz esa u bilan boshqalarga chiroq bo'la oling - Ibodatingiz ko'paymasa, ilmingiz ham ko'paymaydi, ko'laysa ham foydasi yo'q - Sunnatlarni lozim tutmagan odam, sunnatlarning sohibiga voris bo'la olmaydi - Ta'lim uchun pul sarflang - Erta yotib erta turing, jismoniy faol bo'ling - Yarim kosa ovqatga odatlaning, ko'zingiz chiqqudek yemang - Ota-onaning duosi sizga har joyda eshik ochuvchi bo'ladi - Mashaqqat chekmasangiz, ne'mat kelmaydi. Hatto Jannatga kirish uchun ham o'lish kerak. - Ko'p bilish, agar amal qilinmasa sizga eng zararli narsaligini yaxshilab o'ylab ko'ring.
#tushun ❗️"Ijtihod eshigi" yopilmagan. Uni hech kim qo'li bilan yopib qo'ygani yo'q. Bugunimizdagi ijtihod: "Navozil masalalaridagi ijtihod"dir. ⏺️Alloma Muhammad Taqiy Usmoniy aytadilar: “Zamon taqozosi bilan bugungi insoniyat hayoti avvalgi holatidan o‘zgarib…
#tushun ❗️"Ijtihod eshigi" yopilmagan. Uni hech kim qo'li bilan yopib qo'ygani yo'q. Bugunimizdagi ijtihod: "Navozil masalalaridagi ijtihod"dir. ⏺️Alloma Muhammad Taqiy Usmoniy aytadilar: “Zamon taqozosi bilan bugungi insoniyat hayoti avvalgi holatidan o‘zgarib…
#tushun ❗️"Ijtihod eshigi" yopilmagan. Uni hech kim qo'li bilan yopib qo'ygani yo'q. Bugunimizdagi ijtihod: "Navozil masalalaridagi ijtihod"dir.
⏺️Alloma Muhammad Taqiy Usmoniy aytadilar: “Zamon taqozosi bilan bugungi insoniyat hayoti avvalgi holatidan o‘zgarib ketdi. Yevropada sanoat inqilobi yuz berdi, bu sanoat inqilobi hayotning barcha jabhalarida o‘tmishda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Bu tufayli vaziyatlar tubdan o‘zgardi.
Siyosat, iqtisodiyot, sanoat, savdo va boshqa sohalardagi yondashuvlar tamoman almashdi. Bu sohalarning barchasida yangi masalalar va ilgari kuzatilmagan yangicha o'zgarishlar paydo bo‘ldi. Bu masalalarning ochiq-oydin zikrini Qur’oni karim, Sunnat yoki qadimgi fuqaholarning kitoblaridan topishning iloji yo'q.
Shu bois, bu masalalarning hukmlarini Kitob va Sunnat asosida, faqihlar tomonidan belgilangan o‘zgarmas asoslar, barqaror mezonlar va qabul qilingan qoidalar asosida aniqlashimiz lozim. Bu masalalarni yechishda bir tomondan, dinning mustahkam va davomli asoslarini saqlab qolishimiz, ikkinchi tomondan esa, zamonamiz kishilarining ehtiyojlarini hisobga olishimiz kerak. Mana shu hozirgi asrda talab etilayotgan ijtihod, ya'ni "navozil masalalaridagi ijtihod"dir"...
✔️"Bugungi kunimizning ijtihodiy manhaji" - Muhammad Taqiy Usmoniy 🇧🇼
#irshod 🪶Tolibi ilmning vaqti unga shaxsiy mulk emas, u ummatning, xalqning, vatanning mulkidir
⏺️Men doimo ilm talabasi bo‘lgan birodarlarimga shunday deyman: «Ey yoshlar! Bu so‘zni men ko‘p bora takrorladim, qayta-qayta ta’kidladim va sizlarga ham yana takrorlayman. Yodlab olinglar, ey yoshlar: ilm tolibining vaqti uning shaxsiy mulki emas, balki uni kutayotgan ummatning mulkidir. Chunki ummat sizni ilmli, amal qiluvchi, dinda, dunyoda, aqidada va ibodat ahkomlarida ularga o‘rnak bo‘ladigan zot sifatida kutmoqda. Siz ularning dinida murojaat qiladigan manbasi bo‘lishingiz uchun kutilmoqdasiz.
Ummat sizni kuniga ikki-uch marta choy, sho'rva ichib, mayda mashg‘ulotlar bilan vaqt o‘tkazadigan odam bo‘lib chiqishingizni kutmaydi. Yo‘q, aslo unday emas! Vaqtingni bunday ishlarga sovurishing harom. Chunki vaqting seniki emas. Ummat seni kutib turgan bir paytda uni behuda sarflashga haqqing yo‘q.
Men bu gapni yana takrorlayman. Ehtimol, bu nasihatning vaqti sizlar uchun o‘tib ketgandek tuyular, ammo baribir, inshaalloh, kelajakda undan foyda ko‘rasizlar va uni o‘z shogirdlaringizga singdirasizlar. Ilm talabasining vaqti uning shaxsiy mulki emas, balki ummatning mulkidir».
📕 Asrimiz ulamosi, hadis va fiqh ilmi peshvosi, haqiqiy murshid Shayx Muhammad Avvoma 🇧🇼
#suluk ⏺️Ilm bulog‘i, hidoyat mash’alalariga aylaning. Uyini ko‘proq lozim tutadigan, tunlarni ibodat bilan munavvar etadigan, qalblari hamisha navqiron, kiyimlari oddiy kishilardan bo‘ling! Osmon ahliga taniling, yer ahliga noma’lum qoling!
#himmat ⏺️Imom Qosim Nonutiy va Imom Ahmad Ganguhiy rohimahullohlar "Dorul ulum Devband" madrasasiga ilk bor bir tup anor daraxtining tagida dars berish bilan asos solganlar. Bu dargohdan kimlar yetishib chiqqanini esa yaxshi bilasiz.
🟢Shunaqa, himmat va ixlos ko'p narsalarga qodir...
#quron ❗️ Ibrohim Maqdisiy rohimahulloh aytadilar: «Qurʼonni koʻp tilovat qilgin, uni tashlab qoʻymagin. Qurʼonni qancha koʻp tilovat qilsang, shuncha ilm olishing oson boʻladi».
#nasihat ⏺️Badiuzzamon Hamadoniy jiyaniga vasiyat qilib shunday dedilar: “Ey farzandim! Modomiki ilm sening mashg‘uloting, madrasa maskaning, siyohdon senga hamroh, daftaring do‘stingdek ekan, men seni o‘z farzandimdek bilaman.
Bunday qilishingni gumon etmaymanku-ya, mabodo sustashlik yoki dangasalik qilsang unda boshqa birov senga tog‘a bo‘la qolsin. Vassalom.”
🟢Rasmda: Bizga ham tog'a, ham ota, ham ustoz, ham do'st bo'lib kelayotgan, iffatidan farishta hayo qiladigan, ilmi bilan amali bir maqomga yetgan ustozimiz Shayx Ahmad Fozil hafizahulloh
😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab
1,2100032
Loading view history…
Rating
Login required
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Frequently Asked Questions
Worum geht es im Telegram-Kanal Xushnudbek Xolmuhammad?+
Xushnudbek Xolmuhammad (@xushnudbek_xolmuhammad) ist ein Telegram-Kanal in der Kategorie IPL auf tgdio. Ranking, Bewertungen, Reviews und aktuelle Posts helfen vor dem Abonnieren. Aktuell etwa 6.337 Abonnenten auf tgdio.
Wie trete ich Xushnudbek Xolmuhammad (@xushnudbek_xolmuhammad) auf Telegram bei?+
Öffnen Sie das Profil auf tgdio und nutzen Sie Join / Open in Telegram, um @xushnudbek_xolmuhammad kostenlos zu abonnieren.
Ist Xushnudbek Xolmuhammad ein guter IPL-Kanal?+
Auf tgdio können Sie Bewertung, Reviews, Ranking und Posts von Xushnudbek Xolmuhammad prüfen. Aktuell etwa 6.337 Abonnenten auf tgdio. Vergleichen Sie mit ähnlichen IPL-Kanälen.
Wo sehe ich Stats und Beiträge von Xushnudbek Xolmuhammad?+
Auf tgdio öffnen Sie @xushnudbek_xolmuhammad für Abonnenten-Stats, Ranking, Bewertungen und Posts. Stats zeigt Wachstum.